(+998 71) 129-59-59

JALILOV TOXIRJON ABDUNABIYEVICH

1969 yilda Andijon viloyatida tug'ilgan. Millati-o'zbek. Ma'lumoti oliy, 1993 yilda Toshkent texnika universitetini muhandis-metallurg mutaxassisligi bo'yicha tugatgan.
Oilali, uch nafar farzandning otasi.

Mehnat faoliyati:

1995-1996 yillarda Buloqboshi tumani «Biznes Fond»ida bosh mutaxassis bo'lib ishlagan.

1996 yildan 1997 yilgacha Buloqboshi tuman Moliya bo'limida ikkinchi darajali mutaxassis.

1997-1998 yillarda Andijon viloyati Buloqboshi tuman hokimligida nazorat inspektsiyasi boshlig'i o'rinbosari bo'lgan.

1998 yilda «O'zDEUavto» aksionerlik jamiyatining Tashqi savdo, savdo va avtoservislarni boshqarish Direktsiyasida muhandis bo'lib ishlagan.

1998 yildan 2003 yilgacha «O'zDEU-IJEVSK» YOAJ bosh direktori lavozimini egallagan.

2003 yildan 2010 yilgacha bo'lgan vaqtda «O'zDEUavto-Saratov» YOAJ bosh direktori (2004-2005 yillarda bir vaqtning o'zida Kievdagi «Ukr-O'zavto» bosh direktori vazifasini bajaruvchi; 2007 yildan 2009 yilgacha “O'zavtoRus» MChJ direktori vazifasini o'rindoshlik asosida bajaruvchi bo'lib ishlagan).

2009-2010 yillarda “GM Uzbekistan” YOAJning marketing, savdo va avtoservislar bo'yicha boshqaruv direktori.

2010-2017 yillarda «O'zavtosanoat» aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruv raisi o'rinbosari.

2017 yildan "O'zbekoziqovqatxolding" xolding kompaniyasi boshqaruvi raisi

 

Majburiyatlari

Kompaniyaniing kundalik faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi, uning manfaatlarini, ifodalaydi, respublikada va boshqa davlatlar hududlarida, davlat muassasalarida, mulkchilikning turli shakllaridagi korxona va tashkilotlarda kompaniya huquqlarini ximoya qiladi hamda unga quyidagi yuklatilgan vazifalar va majburiyatlar bajarilishi uchun shaxsan javob beradi:

- marketing tadqiqotlari o‘tkazish va reklama, qayta ishlangan meva-sabzavot, shuningdek boshqa oziq-ovqat mahsulotlarining eksportini tashkillashtirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatdoshligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish, oziq-ovqat mahsulotlari sifatini baholashning zamonaviy xalqaro tizimini ishlab chiqarishga joriy etish, ishlab chiqariladigan mahsulotlarni standartlashtirish va sertifikatsiyalash bo‘yicha ishlarni tashkillashtirishda tarmoq korxonalariga ko‘maklashish, tarmoq korxonalariga axborot xizmatlari ko‘rsatish, kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etadi;

- agrosanoat tarmog‘ida aloqador vazirlikalar, kompaniyalar, birlashmalar, uyushmalar bilan hamkorlikda respublika miqyosidagi keng ko‘lamli, istiqbolli dolzarb masala-muammolarni ko‘rib chiqib, hal qilish uchun tegishli yuqori tashkilotlarda takliflar kiritadi;

- kompaniya vazifalari bilan bog‘liq faoliyatni takomillashtirishga qaratilgan seminar, forum, konferensiya, ko‘rgazmalar tashkil etadi;

- marketing va oziq-ovqat tovarlarini tashkil qilish boshqarmasi-marketing va reklama bo‘limi, eksport va logistikani tashkil qilish bo‘limi; Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish bo‘limi faoliyatiga bevosita rahbarlik qiladi hamda "O‘zagroeksport" ixtisoslashtirilgan tashqi savdo kompaniyasi faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;

- sohaga oid qonunchilik aktlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, ko‘rsatmalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va majlislari topshiriqlari bajarilishini muntazam ravishda nazorat qilib boradi va uning ijrosini ta’minlash yuzasidan rahbar va ma’sul xodimlarning javobgarligini oshirish choralarini ko‘radi.