(+998 71) 255-52-23

Savdo uylari

“UZGLOBALTRADE” SAVDO UYI
2016 yil 17 oktabr kuni Moskva shahrida qo‘shma korxona – «Uzglobaltrade» Savdo uyi ochildi.
Savdo uyi «Food city» ulgurji oziq-ovqat savdo markazida joylashgan.
“Uzglobaltrade” Savdo uyi tasarrufida keng ofis xonalari, omborxonalar va kross-dok mavjud.
Savdo uyi quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha xizmatlar taklif qiladi:
– O‘zbekistonda yetishtirilgan yuqori sifatli va ekologik toza meva-sabzavot mahsulotlarini yetkazib berish;
– ko‘rgazma maydonlarini ijaraga olishda yordam ko‘rsatish;
– kross-dokni ijaraga berish;
– ofis xonalarini ijaraga berish;
– mahsulotlarni omborxonalarda saqlash;
– Rossiya Federatsiyasi bozoriga yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini olib chiqish.

«ЦЕНТРАЛЬНО-АЗИАТСКИЙ ТОРГОВЫЙ ДОМ» SAVDO UYI

2016 yil 16 noyabrda Qozog‘istonning Ostona shahrida «Центрально-азиатский торговый дом» Mas’uliyati cheklangan shirkati (Mchsh) ochildi.
«Центрально-азиатский торговый дом» Mchsh «Continental Logistics» kompaniyasi tomonidan qurilgan Qozog‘istondagi eng yirik transport-logistika markazi binosida joylashgan.
Savdo uyi baland richtraklar, stellaj konstruksiyalar, avtomatik doklar kabi yangi uskunalar bilan jihozlangan «A» toifali omborxona majmualarini taklif qiladi, ular turli yuklar logistikasini ta’minlash va yukni ortish-tushirish hududining o‘tkazish qobiliyatini sezilarli tarzda oshirish imkonini beradi.
Savdo uyi quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha xizmatlar taklif qiladi:
– ulgurji va chakana savdo faoliyati, shu jumladan, alkogol va vino mahsulotlari savdosi;
– yetkazib berishlarni tashkil qilish, Qozog‘iston Respublikasi hududida bojxona xizmatlariga yordam berish va oziq-ovqat mahsulotlarini sotish;
– marketing izlanishlarini olib borish;
– logistika masalalariga birgalikda yechim topish;
– savdo tarmoqlari hamda O‘zbekiston va Qozog‘istondagi manfaatdor kompaniyalar bilan shartnomalar tuzish. Nomenklaturaga muvofiq mahsulotlarni yetkazib berish bo‘yicha uzoq muddatli buyurtmalar portfelini shakllantirish;
– Qozog‘iston Respublikasining amaldagi qonunchiligida taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlari.
Manzil: 010000, Qozog‘iston Respublikasi, Ostona shahri, trassa Astana-Karaganda, 45/1-bino.

«MARKA FOOD UZAGRO» SAVDO UYI
2016 yil 13 oktyabrda Moskva shahrida «O‘zagroeksport» aksiyadorlik jamiyati Rossiyaning «MARKA FOOD» ulgurji oziq-ovqat kompaniyasi bilan hamkorlikda «MARKA FOOD UZAGRO» Savdo uyini tashkil etdi.
Savdo uyi O‘zbekiston Respublikasidagi meva-sabzavot yetishtiruvchilarining manfaatlarini Rossiya Federatsiyasida ilgari suradi, bu o‘z navbatida, xaridorlarga quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:
– sifatli mahsulotni to‘g‘ridan-to‘g‘ri vositachilarsiz, o‘z vaqtida qabul qilib olish;
– mahsulotni qabul qilib olish jarayonini Rossiya Federatsiyasi hududida amalga oshirish;
– logistika va bojxona masalalari bo‘yicha to‘liq xizmat turidan foydalanish;
– mahsulot uchun to‘lovni Rossiya rublida amalga oshirish.
«MARKA FOOD UZAGRO» Savdo uyi manzili – 142191, Rossiya Federatsiyasi, Moskva shahri, Troitsk, Akademicheskaya maydoni, 4-uy, ofis 6.