(+998 71) 129-59-59

«O‘zbekoziqovqatxolding» XK kompaniyasi tarkibidagi meva-sabzavot konservalarini ishlab chiqaruvchi korxonalarga qo‘llaniladigan soliq imtiyozlari.

Mamlakatimiz qayta ishlash korxonalarini xom ashyo bilan muntazam ta’minlash, ichki iste’mol bozorini yil davomida sabzavotlar, kartoshka, meva va poliz mahsulotlari bilan barqaror to‘ldirish, shuningdek, tashqi bozorlarda xaridorgir va raqobatbardosh bo‘lgan ho‘l meva va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish xajmini ko‘paytirish va turlarini kengaytirish uchun ularni yetishtirish, ishlab chiqarish va xarid qilish bo‘yicha yagona tizimni shakllantirish maqsadida, Prezidentimizning 2016 yil 12 apreldagi PQ-2520-sonli «Meva-sabzavot, kartoshka va poliz mahsulotlarini xarid qilish va ulardan foydalanish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» Qarori qabul qilingan edi.

Prezidentimizning Qaroriga asosan 2019 yilning 1 yanvarigacha, meva-sabzavot, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzumni qayta ishlaydigan xususiy mulk shaklidagi korxonalar, idoraviy mansubligidan qat’i nazar, zamonaviy uskuna va texnologiyalar olib kirishda bojxona to‘lovlaridan (bojxona yig‘imlaridan tashqari);
«O‘zbekoziqovqatxolding» xolding kompaniyasi tarkibiga kiradigan qayta ishlash korxonalari Yagona ijtimoiy to‘lovdan tashqari daromad solig‘i, yuridik shaxslar mulk solig‘i, mikrofirma va kichik korxonalar yagona soliq, davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalar to‘lashdan ozod etilgan.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan korxona va tashkilotlar Qarorda belgilangan preferensiyalardan foydalanish hamda kelgusida hamkorlikda ishlash maqsadida «O‘zbekoziqovqatxolding” XK a’zosi bo‘lishingizni taklif qilamiz.


Ushbu qarordagi imtiyozlardan ayni paytda foydalanayotgan korxonalar soni 24 ta, hisoblangan jami imtiyoz summasi esa 11646,3 mln so‘mni tashkil etmoqda. Qarorda belgilanganidek, soliq imtiyozidan iqtisod qilingan mablag‘lar kelgusida zamonaviy uskuna va texnologiyalar olib kirishga yo‘naltiriladi.
Shu bilan birgalikda, quyidagilarni ma’lum qilamizki, “O‘zbekoziqovqatxolding” XK  a’zolik bo‘lish xolding boshqaruvining qaroriga binoan vaqtinchalik a’zolik to‘g‘risidagi nizomiga asosan, www.oziq-ovqat.uz., saytida joylashagan hujjatlar na’munasini taqdim etilgan holda amalga oshiriladi  

Ma’lumot uchun telefonlar: 254-45-71, 254-88-53 
 

Izoh:
Zaruriy xujjatlar:
1.    Xolding tarkibiga kirish to‘g‘risida ariza.
2.    Korxona  Nizomining nusxasi. 
3.    Ta’sis shartnomasining nusxasi.
4.    Ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi.
5.    So‘ngi yil balansi nusxasi. 
6.    Korxona pasporti.
7.    Talabnoma (zayavka).
8.    Modernizatsiya loyihasi