(+998 71) 129-59-59

SALIMOV ASATILLA XOJIMURATOVICH

Mehnat faoliyati:

1956 yilda Toshkent shahrida tug'ilgan. Millati - o'zbek. O'zbekiston Respublikasi "Shuhrat" medali bilan taqdirlangan. 2016 yilning 4 martidan "O'zbekoziqovqatxolding" xolding kompaniyasi boshqaruvi raisi o'rinbosari.

Majburiyatlari:

Kompaniya tarkibiga kiruvchi meva-sabzavot, yog‘-moy, go‘sht-sut  va oziq-ovqat ta’m mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish, ularning manfaatlari ifoda etilishi va huquqlari himoya qilinishini ta’minlash, tarmoqda zamonaviy bozor munosabatlarini keng joriy qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

tarmoqni rivojlantirishning o‘rta va uzoq muddatli dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishda qatnashadi, xom ashyoni chuqurroq qayta ishlashda va sifatli raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni o‘zlashtirishda, ular bilan ichki bozorni yanada ko‘proq to‘ldirishga tarmoq korxonalariga ko‘maklashadi;

meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash va qayta ishlashni tashkil qilish boshqarmasi - Meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash, saqlash va sotishni tashkil qilish bo‘limi, Meva-sabzavot mahsulotlarini chuqur qayta ishlash va konservalashni rivojlantirish bo‘limi; Go‘sht-sut mahsulotlari ishlab schiqarishni rivojlantirish boshqarmasi; Oziq-ovqat ta’m mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirish boshqarmasi faoliyatlariga bevosita rahbarlik qiladi;

direktiv organlar topshiriqlariga binoan sohani rivojlantirish bo‘yicha boshqa tadbirlarda ishtirok etadi.

O‘zi rahbarlik qilayotgan bo‘limlar xodimlari tomonidan ijro intizomiga qat’iy rioya qilinishini,  sohaga oid qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va majlis topshiriqlari, kompaniya buyruqlari va boshqaruv qarorlarining belgilangan muddatlarda bajarilishini ta’minlashga javob beradi.