(+998 78) 129-59-59

KAMBAROV AZMIDDIN UMAROVICH

Mehnat faoliyati:

1964 yil Toshkent viloyatida tug'ilgan. Millati-o'zbek. 2016 yilning 18 martidan "O'zbekoziqovqatxolding" xolding kompaniyasi boshqaruvi raisi o'rinbosari.

Majburiyatlari:

Oziq-ovqat sanoatida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning strategik yo‘nalishlarini ishlab chiqib, ushbu sohada qonunlarni qabul qilish bo‘yicha taklif kiritadi va me’yoriy hujjatlarni tayyorlab, ularning bajarilishi monitoringini ta’minlaydi;

Xolding kompaniyaning ishlab chiqarish boshqarmalari bilan birgalikda istiqbolli va joriy rejalarni tuzish ishlariga rahbarlik qiladi;

Buxgalteriya, soliq, statistika va boshqaruv hisobini yuritish talablariga muvofiq moliyaviy boshqarish bo‘yicha axborot tizimini takomillashtirishga yordam beradi. Xolding kompaniya faoliyatining moliyaviy natijalarini tahlil qilish va baholash, moliyaviy boshqarish samaradorligini oshirish va sog‘lomlashtirish bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqish, moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish jarayonlarida yuzaga keladigan muammolarni, mahsulot tannarxini kamaytirishni amaldagi qonunchilikka muvofiq hal qilish choralarini ko‘radi;

Kompaniyaning chet mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar bilan aloqalarini rivojlantirish, investitsiyalarni jalb etish ishlarini muvofiqlashtirishni   tashkil qiladi, zamonaviy innovatsiya texnologiyalarini ishlab chiqarishga joriy etish uchun strategik xorijiy investorlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarini jalb etish ishlarini olib boradi;

Kompaniya bo‘yicha zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy qilishni amalga oshirilishini ta’minlaydi;

Kompaniya ijro apparatining Tarmoqni strategik prognozlashtirish va rivojlantirish bo‘limi, Moliya-korporativ bo‘limi, Investitsiyalarni jalb qilish va investitsiya loyihalarini monitoring qilish bo‘limi faoliyatlariga rahbarlikni amalga oshiradi;

O‘zi rahbarlik qilayotgan bo‘limlar xodimlari tomonidan ijro intizomiga qat’iy rioya qilinishini, sohaga oid qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va majlis topshiriqlari, kompaniya buyruqlari va boshqaruv qarorlarining belgilangan muddatlarda bajarilishini ta’minlaydi.