(+998 78) 129-59-59

Sherobod tumanida yangi anorzorlarni tashkil etish uchun 450 gektar yer maydoni ajratildi.

Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida anorchilikni yanada rivojlantirish maqsadida Turkiyaning “Parlar Fidancilik” ko‘chat yetishtirish kompaniyasi, mineral va agrokimyo o‘g‘itlarni qishloq xo‘jaligi mashinalari tirkamlari yordamida o‘g‘itlash, hamda zararsizlantirish agregatlarini ishlab chiqaruvchi “Agrotek” kompaniyasi bilan birgalikda seminar treyning o‘tkazildi. 
Dastlab mehmonlar  Sherobod tumanidagi Yangi turmush, Kuxi tong, Pashxurt, Oqqo‘rg‘on KFY hududlaridagi bir qator dehqon-fermer xo‘jaliklari tomonidan ekilgan va parvarishlanayotgan anorzorlarni ko‘zdan kechirishdi, mahalliy anor yetishtirish tajribasi bilan tanishdilar va bu boradagi o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashishdi. Jumladan, mutaxassislar tomonidan anor ekish jarayonida qo‘l kuchi ishlatilishini kamaytirgan holda texnika kiritilishi va mahalliy o‘g‘itlar bilan bir qatorda turli zamonaviy kimyoviy o‘g‘itlar va anor zararkunandalariga qarshi kimyoviy vositalar ishlatilishi tavsiya qilindi.
Shuningdek, Jarqo‘rg‘on tumanida viloyatdagi barcha anor ekib yetishtiruvchilar, shuningdek bir qator intensiv bog‘ egalari bo‘lgan dehqon fermer xo‘jaliklari ishtrokida seminar-trening o‘tkazildi. Seminar davomida xorijlik mutaxassislar Surxondaryo viloyati sharoitida 4x2 yoki 4x2,5 metr sxemada tomchilab sug‘orish usulida ekib yetishtirladigan zamonaviy hosildor intensiv bog‘larda har gektarida 8-yilga borib 100-110 tonnagacha (mahalliy bog‘lar an’anaviy usulda 30-40 tonna) hosil olish mumkinligi bo‘yicha ma’lumot berishdi. O‘z navbatida “Agrotek” kompaniyasi mutaxassislari tomonidan anorning zararkunandalariga qarshi samarali yangi kimyoviy vositalar,ulardan foydalanish usullari, afzallik tomonlari to‘g‘risida ma’lumot berildi. 
Anor subtropik o‘simlik bo‘lib, -6-8 sovuq havo haroratigacha moslashgan. Surxondaryo viloyatida havo harorati ohirgi o‘n yil ichida ikki marotaba -12 dan to -14 gradusgacha bo‘lganligini inobatga olib,  anorni sovuq urishini oldini olish maqsadida Turkiyalik mutaxassislar anorni tik ekkan holatda -6 gradusgacha sovuqlikni o‘zidan o‘tkazmaydigan zamonaviy mato bilan o‘rashni yoki 3x4 metr sxemada ekib, yotqizib ko‘mishni tavsiya qildilar.     
Bugungi kunda Sherobod tumandagi tashabbuskorlarga yangi anorzorlarni tashkil etish uchun 1-mart holatiga ko‘ra 450 gektar yer maydoni ajratildi.