(+998 78) 129-59-59

O'zbekistonga 40 litrgacha sut beradigan naslli qoramollar keltiriladi

Berlinda bo‘lib o‘tgan 82-Oziq-ovqat sanoati, bog‘dorchilik, qishloq va o‘rmon xo‘jaligi Xalqaro savdo ko‘rgazmasi davomida chorvachilikda ilg‘or davlatlardan 40 litrgacha sut beradigan naslli qoramollar keltirish borasida kelishuvga erishdik, deb xabar qilgan Jomboy tumani hokimi Husan Bo‘riyev "Zarafshon" muxbiriga bergan intervyusida.
"Ko‘rgazma davomida Germaniyaning qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi va qadoqlash uskunalari ishlab chiqaruvchi kompaniyalari faoliyati bilan tanishdik. Shuningdek, chorvachilikda ilg‘or davlatlardan 40 litrgacha sut beradigan naslli qoramollar va go‘sht yo‘nalishida zotdor bo‘lgan kurkalar keltirish borasida ham kelishuvga erishdik.
Tumanimizdagi chorvachilik xo‘jaliklarida bunday naslli qoramollarni ko‘paytirish orqali sut va go‘sht mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytiramiz. Yashil haftalikda talab katta bo‘lgan quritilgan va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlari eksportini yanada kengaytirishni rejalashtiryapmiz.
Qolaversa, jahon bozorida juda xaridorgir bo‘lgan yong‘oqni ko‘paytirish maqsadida joriy yilda tumanimizning tog‘oldi hududidagi 460 gektar maydonda yong‘oqzor barpo etamiz.Tumanimizdagi chorvachilik xo‘jaliklarida bunday naslli qoramollarni ko‘paytirish orqali sut va go‘sht mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytiramiz. Yashil haftalikda talab katta bo‘lgan quritilgan va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlari eksportini yanada kengaytirishni rejalashtiryapmiz. Qolaversa, jahon bozorida juda xaridorgir bo‘lgan yong‘oqni ko‘paytirish maqsadida joriy yilda tumanimizning tog‘oldi hududidagi 460 gektar maydonda yong‘oqzor barpo etamiz.
Germaniya poytaxtida o‘tkazilgan "Yashil haftalik"da qishloq xo‘jaligi, chorvachilik, bog‘dorchilik va oziq-ovqat sanoatidagi eng so‘nggi yutuqlar bilan dunyoning 66 davlatidan kelgan 1,6 ming kompaniya va fermer xo‘jaliklari, ishlab chiqaruvchilar, tadbirkorlar o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etgan