(+998 78) 129-59-59

Sabzavot, poliz va kartoshka ekinlarini yetishtirishda organik va mineral o‘g‘itlar qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar

Sabzavot ekinlari tuproqdagi oziq moddalarga va o‘g‘itga talabchanligi bilan boshqa ekinlardan farq qiladi. Buning sababi ko‘pchilik sabzavot ekinlari tuproqdan oziq moddalarni juda ko‘p o‘zlashtiradi, bunda ko‘proq kaliy, azot va kamroq fosfor o‘zlashtiriladi. Vegetatsiya davri qisqa bo‘lgan sabzavotlar mineral o‘g‘itlarni tezroq, davr uzun bo‘lganlari esa sekinroq o‘zlashtiradilar.
O‘simlikda mineral oziq elementlarining yetishmasligi tufayli sodir bo‘ladigan alomatlarga qurg‘oqchilik, ortiqcha namiqish, sovuq, o‘simliklarda bo‘yning yoppasiga shikastlanishi yoki ularni zararkunandalar ta’siridan zararlanishi va tuproq tiplari ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Mineral elementlarning yetishmayotganligini to‘g‘ri belgilash va o‘simliklarni tegishli mineral elementlar bilan o‘z vaqtida oziqlantirish kerak. Mineral elemetlar yetishmasligi natijasida ro‘y beradigan alomatlarga quydagilar kiradi.

Pomidor o‘simligiga azot yetishmaganda o‘simlik rivojlanishdan orqada qoladi, past bo‘yli va poyalari ingichka bo‘ladi. Barglari mayda va to‘g‘ri, uch qismidan boshlab oqish yashil rangda, tomirlari sariq yoki barg tomirlari binafsha rangda g‘ubor bilan qoplanadi. Mevalari mayda, kam sonli, dag‘al bo‘ladi.
Fosfor yetishmaganda barglari dastlab ko‘piksimon, keyin esa yoppasiga ko‘kish yashil tusga kiradi, ayniiqsa bargining ostki tomoni va tomirlari bo‘ylab qizg‘ish binafsha tusga kiradi, barglari ko‘pincha egilgan bo‘ladi.
Kaliy yetishmaganda o‘sish jarayoni to‘xtab qoladi, poyalari yog‘ochlashadi, hosil kamayib ketadi, mevalarning bir tekisda yetilmasligi kuzatiladi, o‘simlik ildizlari yaxshi rivojlanmaydi.
Bodring o‘simligiga azot yetishmaganda o‘simlikning o‘sish jarayoni to‘xtaydi, barglari sarg‘ayadi, suv tanqislik keskin ro‘y bergan hollarda sariq rangga kiradi. Mevalari oqaradi va palagining uchki qismidagi mevalar uchli bo‘ladi.
Kaliy yetishmaganda barglarning cheti bug‘doyrangga kiradi va qurib qoladi. Keyinchalik bunday bug‘doyrang barg tomirlari oralig‘ida tarqaladi va mevalarning tugilish balandligi oshadi.
Kartoshkada azot yetishmaganda o‘simlik och yoki sarg‘ish-yashil tusdagi o‘lchami kichraygan barglari kichrayib biroz yuqoriga ko‘tariladi. Keyinchalik barg bo‘lmalari atrofi sarg‘ayadi va qurib qoladi, hosili pasayadi.
Fosfor yetishmaganda birinchi holdagi belgilar namoyon bo‘ladi, lekin barg bo‘lmalari ustiga tomon qayriladi, xira yashil tusdagi yaltiroqligi pastroq, tugundagi kesib ko‘rilganda zangsimon dog‘lar kuzatiladi.
Kaliy yetishmaganda barglarining orqa tomoni ko‘p sonli dog‘lar bilan qoplanadi. O‘simlik barglari va poyalarining barvaqt qurib qolishi kuzatiladi. Stalonlari va tomirlari qisqaradi.
Poliz ekinlarida azot yetishmaganda (qovun, tarvuz, qovoq) o‘simlikning o‘sish jarayoni to‘xtaydi, barglari och-yashildan sariqqacha o‘zgaradi, elementlar juda tanqis bo‘lganda ular sariq rangga kiradi. Palagi ingichkalashadi va dag‘allashadi .
Fosfor yetishmaganda ham o‘simliklarda yuqoridagi belgilar kuzatiladi, lekin barglari birmuncha qizg‘ish-binafsha rangga kiradi. O‘simlik ko‘rimsiz bo‘lib qoladi va meva tugishi kechikadi.
Kaliy yetishmaganda barglar atrofi bug‘doy rangga kirib qurib qoladi, keyinchalik bug‘doy rang barg tomirlari oralig‘ida tarqaladi, mevasining yetilishi kechikadi, tarkibidagi qand moddasi miqdori kamayib ketadi.
Mineral o‘g‘itlar
Ammiak selitrasi NH4NO3. Tarkibida 34% azot bor, donador holatida chiqariladi, donachalari oq yoki sarg‘ish rangda, suvda yaxshi eriydi, havodagi namni tez tortadi (gigroskopik).
Ammoniy sulfat (NH4)2SO4. Tarkibidagi azot 20,5% bo‘lib, ammoniy shaklida oqdan to kulrang-yashil ranggacha bo‘lgan kristall o‘g‘it, suvda eruvchan, havodagi namni kuchsiz singdiradi. Sochiluvchanligi yaxshi, tuproqdan kam yuvilib ketadi.
Karbomid (mochevina) (NH2)2SO. Tarkibida 46% azot bo‘lib, donador ko‘rinishda chiqariladi, donachalari oq rangli bo‘lib, mayda va tez eruvchan, namni kam singdiradi va zichlashib qolmaydi.
ADU – tarkibida azot miqdori 28% va 11% oltingugurt bor.
AFU – suyuq o‘g‘iti tarkibida 300 g/l azot, 75 g/l fosfor bor.
AKU– suyuq o‘g‘iti tarkibi 300 g/l azot, 50 g/l kaliydan iborat.
JKU – suyuq o‘g‘iti tarkibidagi azot miqdori – 10,3%, kaliy – 3,7%, oltingugurt – 3 foizni tashkil qiladi.
Tukosmes – qattiq o‘g‘iti tarkibida 16% azot, 12% kaliy bor.
Ammofos (NH2H2PO4). Yuqori konsentrlangan fosfor-azotli donador o‘g‘it, tarkibida 43–46% fosfor, 11% azot bor. Yopishib zichlashmaydi, havodagi namni kuchsiz singdiradi.
Ammoniylashtirilgan superfosfat – NH2H2PO4+SaNRO4. Eng kam konsentratsiyali yuqori balastli, kulrang tusli donador o‘g‘it, tarkibida 14–15% fosfor va 1,5–2,0% azot bor.
Oddiy superfosfat (Ca(H2PO4)2H2O+2CaSO4). Apatit konsentratidan yoki qoratov fosforitlaridan ishlab chiqariladi. Kukunsimon superfosfat xomashyo turiga ko‘ra o‘zida 19–19,5 foizdan 15–16 foizgacha, donador superfosfatda esa 20% fosfor bor. Suvda eruvchan, havodagi namni kuchsiz singdiradi.
Murakkab fosfor – tarkibida fosfor – 9,8, azot 4,6 foizni tashkil qiladi.
Kaliy xlorid (KCL). Tarkibida 50–52% kaliy bor, oq yoki qizg‘ish-qo‘ng‘ir rangli kristallsimon, suvda eruvchan, havodagi namni tez o‘zlashtirib oladi, quruq holatdagisining sochiluvchanligi yaxshi.
Kaliyli tuz (kaliy xloridning kainit yoki silvinit bilan aralashmasi). Tarkibida 40% kaliy bor, kul rang-qo‘ng‘ir tusli, mayda kristall o‘g‘it.
ORGANIK O‘G‘ITLAR
Ekinlardan yuqori hosil olishda organik o‘g‘itlarning o‘rni katta. Organik o‘g‘itlarga go‘ng, torf, go‘ng shaltog‘i, parranda qiyi, turli xil kompostlar, ko‘kat o‘g‘itlar kiradi. Organik o‘g‘itlar tarkibida azot, fosfor, kaliy, kalsiy va o‘simliklarning oziqlanishi uchun kerakli boshqa elementlar, shuningdek, tuproqning xossalariga ijobiy ta’sir etadigan organik moddalar bo‘ladi.
Bu organik o‘g‘itlardan qoramol go‘ngi alohida o‘rin tutadi. Tarkibida o‘simliklar uchun zarur bo‘lgan barcha oziq moddalar mavjud. Qoramol go‘ngi tarkibida umumiy azot miqdori 0,589%, umumiy fosfor miqdori 0,25% va umumiy kaliy 0,50 foizni tashkil qildi. Yerga go‘ng solinganda tuproq unumdorligining muhim sharti bo‘lgan biologik faoliyati kuchayadi, berilgan mineral o‘g‘itlarning ta’siri ortadi. Odatdagi miqdor bo‘yicha har gektar yerga o‘rtacha 20–30 t go‘ng solinadi. Quruq qo‘y qiyini tarkibida umumiy azot miqdori 1,60% umumiy fosfor 0,50% umumiy kaliy 1,40 foizdan iborat.
Ot go‘ngida umumiy azot 0,60%, umumiy fosfor 0,30%, umumiy kaliy 0,55%, cho‘chqa go‘ngida umumiy azot 0,40%, umumiy fosfor 0,20%, umumiy kaliy 0,60% va parranda quruq qiyida umumiy azot 3,40%, umumiy fosfor 1,60%, umumiy kaliy 0,80 foizni tashkil qiladi.
Biogumus – parranda axlati va boshqa har xil organik chiqindilarni issiqlik bilan ishlov berish orqali olinadi va o‘z tarkibida 15% suv, 22–27% gumus, 3–4% organik moddalar, 1,74% umumiy azot, 1,47% umumiy fosfor, 1,4% umumiy kaliy bor.
Vermigum – har xil organik (yirik va mayda qoramollar go‘nglari, maishiy chiqindilar) qoldiqlarini qizil kaliforniya chuvalchanglari bilan qayta ishlash natijasida olinadi. Vermigum o‘rtacha quyidagi tarkibga ega: 40–60% quruq modda, 10–12% gumus, 6,5–7,2 rN, 0,8–3,0% azot, 1,3–2,5% fosfor, 1,2–3,0% kaliy, 0,6–2,5% temir, 3,5–5,1 mg/kg mis, 60–80 mg/kg marganets, 28–35 mg/kg rux, 0,6–2,3% magniy, 4,5–8,0% kalsiy bor.
OMU – organa mineral o‘g‘it tarkibida umumiy azot 7,75%, 7,721%, fosforni o‘zlashtiradi, organik modda 23,62 foizni tashkil qiladi.
Ko‘kat o‘g‘itlar (sideratlar) respublikamizda go‘ng va boshqa mahalliy o‘g‘itlar qishloq xo‘jalik mahsulotlarni yetishtirishda organik o‘g‘itlarga bo‘lgan talabini ta’minlay olmaydi. Shuning uchun siderat o‘simliklarni ekishni taqozo qiladi. Har bir joyning tuproq-iqlim sharoitini hisobga olgan holda no‘xat, oq jo‘xori o‘simliklar ekiladi. Ko‘kat ekinlar massasi yerga qo‘shib haydab yuboriladi, bunday o‘g‘itlar tuproq unumdorligi va sabzavot, poliz, kartoshka hosilini oshiradi.
Mikrobiologik o‘g‘itlarning tavsifi va qo‘llash muddatlari, me’yorlari
Bioazot – mikrobiologik azotli o‘g‘it hisoblanib, Azotobacter chroococum bakteriyalari biomassasidan iborat. Absolyut quruq modda bo‘yicha biomassani zichligi 5,0– 5,5 g/l. ni tashkil etadi (O‘zRFA Mikrobiologiya instituti).
Bioazot sug‘orish suvi bilan bir tekis qilib, ikki muddatda ya’ni o‘simliklarni yalpi unib chiqqandan so‘ng hamda qiyg‘os gullash davridagi oziqlantirishda kunni kechki vaqtlarda gektariga 4 l hisobida berilishi lozim.
Organik mikrobiologik o‘g‘it-gumat asosida foydali mikroorganizmlar majmuasidan iborat (O‘zRFAning Mikrobiologiya instituti).
Bu o‘g‘it o‘simliklarni yalpi unib chiqqandan so‘ng hamda qiyg‘os gullash davrida mineral o‘g‘itlar bilan birgalikda qator oralariga gektariga 50 kg hisobida beriladi.
Fosstim – kartoshka ildiz atrofidan ajratilgan fosfor to‘plovchi faol bakteriyalar. Urug‘lik kartoshka tuganaklari ekishdan oldin (50 ml - 500 l/ga suv) ivitib ekiladi.
Serhosil – bir xujayrali suv o‘tlari, o‘simliklarni yalpi unib chiqqandan so‘ng hamda qiyg‘os gullash davrida o‘simlikka 300 l/ga hisobida purkaladi.
SABZAVOT, POLIZ VA KARTOShKA EKINLARINI O‘G‘ITLASh
Pomidor
O‘tloq va o‘tloqi-botqoq tuproqlar. Bu tuproqlarga gektariga 20 t/go‘ng +N160P120K80 kg sof holda solinishi tavsiya etiladi. Azot karbamid yoki sulfat ammoniy, fosfor esa ammofos, kaliy esa kaliy xlor ko‘rinishida berish tavsiya etiladi.
Mineral o‘g‘itlar tuk holatida quyidagicha solinadi: Karbamid – 350 kg/ga, ammofos – 195 kg/ga, kaliy xlor – 160 kg/ga.
Agar azot sulfat ammoniy ko‘rinishda berilsa, u holda bu o‘g‘itning miqdori gektariga 760 kg bo‘ladi. O‘g‘itlar quyidagi muddatlarda beriladi.
Haydovdan oldin: 20 t go‘ngning hammasi, ammofos – 196 kg/ga, kaliy xlor – 120 kg/ga.
Birinchi oziqlantirishda – ko‘chatlar tutib olgandan so‘ng ularni tez o‘sa boshlagan davrda: ammofos – 66 kg/ga, kaliy xlor – 40 kg/ga, karbamid 175 kg yoki sulfat ammoniy – 380 kg/ga me’yorda berish tavsiya etiladi.
Ikkinchi oziqlantirishda – o‘simlikning birinchi va ikkinchi gulbandini yalpi gullashi davrida karbamid 175 kg/ga yoki sulfat ammoniy 380 kg/ga me’yorda berish tavsiya etiladi.
Ekologik toza mahsulot olish va azot o‘g‘itlarini 50 foizga kamaytirish uchun ko‘k massa beradigan ekinlarni (siderat) qo‘llash mumkin. Shuningdek, organik o‘g‘it turlaridan biogumus – gektariga 8 t, vermigum – 8 t, organik mikrobiologik o‘g‘it – 20 kg, bioazot – 2 l me’yorda qo‘llash samarali hisoblanadi.
Biogumus, vermigum va organik mikrobiologik o‘g‘itlarni birinchi oziqlantirishda egatlarga mineral o‘g‘itlar bilan birgalikda, bioazotni sug‘orish suvi bilan berish mumkin.

Sho‘rxok tuproqlar. Turli darajada sho‘rlangan sho‘rxok tuproqlarda sho‘r yuvish ishlari olib borilgandan so‘ng gektariga 25–30 tonna go‘ng solinib ishlangandan so‘ng gektariga N200P180K120 me’yorda berish tavsiya etiladi.
Sho‘rlanganlik tipi va sho‘rlanganlik darajasiga qarab tuproqlarga solinadigan mineral o‘g‘itlarning tukdagi miqdoriga aniqliklar kiritiladi.
Chunonchi, sulfatli sho‘rlangan tuproqlarga azotli o‘g‘itni – ammiak selitra, fosfor o‘g‘iti – ammofos, kaliy o‘g‘iti – kaliy xlor ko‘rinishida berish tavsiya etiladi.
Xlorli sho‘rlangan tuproqlarda – azotli o‘g‘itlar sulfat ammoniy yoki ammiak selitra, fosforli o‘g‘itning ammofos yoki murakkab fosfor o‘g‘iti (P2O5-9,5%, N-4,6%), kaliy o‘g‘iti – kaliy nitrat tuzlarini berish tavsiya etiladi.
Xlor sulfatli sho‘rlangan tuproqlarga azotli o‘g‘itlar – ammiak selitra, fosforli o‘g‘itlar – ammofos yoki murakkab fosfor o‘g‘iti, kaliyli o‘g‘itlar kaliy nitrat ko‘rinishida berish tavsiya etiladi.
O‘g‘itlarni quyidagi muddatda solish tavsiya etiladi.
Haydovdan oldin gektariga 25–30 t go‘ng, fosfor va kaliyning 75 foizi beriladi.
Birinchi oziqlantirishda ko‘chatlar tutib olgandan so‘ng va tez o‘sa boshlagan davrda azotning 50, fosfor va kaliyning 25 foizi beriladi.
Ikkinchi oziqlantirishda o‘simlikning birinchi va ikkinchi gulbandini yalpi gullash davrida azotning qolgan qismi beriladi.
Azotli o‘g‘itlar qo‘llanishini 50 foizga kamaytirish maqsadida sho‘rlangan tuproqlarda yaxshi o‘sadigan ko‘k massa beradigan ekinlar (siderat) ekish, yoki gektariga 12 tonna biogumus yoki gektariga 12 tonna vermigum, gektariga 30 kg organik mikrobiologik o‘g‘it, gektariga 2,5 l bioazot ishlatish mumkin.
Biogumus, vermigum va organik mikrobiologik o‘g‘itlarni birinchi oziqlantirishda egatlarga mineral o‘g‘itlar bilan birgalikda, bioazotni esa sug‘orish suvi bilan berish mumkin.
Bo‘z tuproq. Pomidor yetishtirishda sug‘oriladigan bo‘z tuproqlarga gektariga 20 tonna go‘ng berilganda tuproqqa sof holda N200P150K100 kg/ga me’yorda solinishi tavsiya etiladi. Bunda azotni karbamid yoki sulfat ammoniy ko‘rinishida, fosforni ammofos yoki murakkab fosfor o‘g‘iti ko‘rinishida, kaliyni kaliy xlor ko‘rinishida berish tavsiya etiladi. Ushbu mineral o‘g‘itlar tukda quyidagichabo‘ladi: Karbamid – 435 kg/ga, ammofos – 326 kg/ga, kaliy xlor – 200 kg/ga me’yorda beriladi.
Agar azot sulfat ammoniy ko‘rinishda berilsa, u holda mazkur o‘g‘it miqdori gektariga 950 kg bo‘lishi lozim. O‘g‘itlar quyidagi muddatlarda berilishi lozim.
Haydovdan oldin gektariga 20 tonna go‘ng, 245 kg ammofos va 150 kg kaliy xlor solinadi.
Birinchi oziqlantirishda o‘simlik ko‘chatlari tutib olgandan so‘ng va tez o‘sa boshlagan davrda: ammofos – 81 kg/ga, kaliy xlor – 50 kg/ga, karbamid – 218 kg/ga me’yorda solinadi.
Ikkinchi oziqlantirishda o‘simlikning birinchi va ikkinchi gulbandining yalpi gullash davrida karbamid – 218 kg/ga, sulfat ammoniy 475 kg/ga me’yorda beriladi.
Azotli o‘g‘itlar qo‘llashning 50 foizga kamaytirish maqsadida ko‘k massa beradigan ekinlarni qo‘llash mumkin. Shuningdek, organik o‘g‘it turlaridan: biogumus yoki vermigum – 10 t/ga, organik mikrobiologik o‘g‘it – 25 kg/ga va bioazotni 4 l/ga me’yorda berish samarali hisoblanadi. Biogumus, vermigum va organik mikrobiologik o‘g‘itlarni birinchi oziqlantirishda egatlarga mineral o‘g‘itlar bilan birgalikda, bioazotni esa sug‘orish suvi bilan berish mumkin.
Taqirsimon tuproqlar. Taqirsimon tuproqlarda gumus miqdori past bo‘lganligi bois sho‘r yuvish ishlari o‘tkazilganidan so‘ng ularni madaniylashtirish lozim. Bunday tuproqlar organik o‘g‘itlarga muhtoj. Shu munosabat bilan sho‘r yuvilganidan so‘ng pomidor o‘stirish uchun mazkur tuproqlar gektariga – 25–30 tonna go‘ng va sof holda N220P165K110 kg/ga me’yorda solish tavsiya etiladi.
Sho‘rlanganlik holatiga, tipi va darajasiga qarab tuproqlarga solinadigan mineral o‘g‘itlarning tukdagi miqdorlariga aniqliklar kiritiladi.
Chunonchi, sulfatli sho‘rlangan tuproqlarga azotli o‘g‘itni – ammiak selitra, fosfor o‘g‘iti – ammofos, kaliy o‘g‘itini – kaliy xlor ko‘rinishida berish tavsiya etiladi.
Xlorli-sho‘rlangan tuproqlarda – azotli o‘g‘itlar sulfat ammoniy yoki ammiak selitrasi, fosforli o‘g‘itning ammofos yoki murakkab fosfor o‘g‘iti ko‘rinishidagi, kaliy o‘g‘iti – kaliy nitrat tuzlarini berish kerak.
Xlor sulfatli sho‘rlangan tuproqlarga azotli o‘g‘itlar ammiak selitrasi ko‘rinishida, fosforli o‘g‘itlar ammofos yoki murakkab fosfor o‘g‘iti ko‘rinishida, kaliyli o‘g‘itlar kaliy nitrat ko‘rinishida berish tavsiya etiladi. O‘g‘itlarni quyidagi muddatlarda solish tavsiya etiladi.
Haydovdan oldin gektariga 25–30 tonna go‘ng, fosfor va kaliyning 75 foizi beriladi.
Birinchi oziqlantirishda ko‘chatlar tutib olgandan so‘ng va tez o‘sa boshlagan davrda azotning 50, fosfor va kaliyning 25 foizi beriladi.
Ikkinchi oziqlantirishda o‘simlikning birinchi va ikkinchi gulbandining yalpi gullash davrida azotning qolgan qismi beriladi.
Azotli o‘g‘itlar qo‘llanishini 50 foizga kamaytirish maqsadida sho‘rlangan tuproqlarda yaxshi o‘sadigan ko‘k massa beradigan ekinlar (siderat) ekish, gektariga 12 tonna biogumus yoki vermigum, 30 kg organik mikrobiologik o‘g‘it, 2,5 l bioazot ishlatish mumkin.
Biogumus, vermigum va organik mikrobiologik o‘g‘itlarni birinchi oziqlantirishda egatlarga mineral o‘g‘itlar bilan birgalikda, bioazotni esa sug‘orish suvi bilan berish kerak.
Shirin qalampir
O‘tloqi va o‘tloqi botqoq tuproqlarda gektariga 15 t go‘ng+N160P120K80 solinishi tavsiya etiladi. Azot karbamid yoki sulfat ammoniy, fosfor esa ammofos, kaliy esa kaliy xlor ko‘rinishida berish kerak.
Mineral o‘g‘itlar tuk holatida quyidagicha solinadi: karbamid – 350 kg/ga, ammofos – 261 kg/ga, kaliy xlor – 160 kg/ga. Agar azot sulfat ammoniy ko‘rinishda berilsa, u holda bu o‘g‘itning miqdori gektariga 760 kg bo‘ladi. O‘g‘itlar quyidagi muddatlarda beriladi:
Haydovdan oldin: gektariga 15 tonna go‘ng, 196 kg – ammofos, 120 kg – kaliy xlor.
Birinchi oziqlantirishda – ko‘chatlar tutib olgandan so‘ng ular tez o‘sa boshlagan davrda: ammofos – 65 kg/ga, kaliy xlor – 40 kg/ga, karbamid – 175 kg yoki sulfat ammoniy 380 kg/ga me’yorda beriladi.
Ikkinchi oziqlantirishda o‘simlikning yalpi gullash va meva tugishining boshlanish davrida: karbamid – 175 kg/ga yoki sulfat ammoniy – 380 kg/ga me’yorda berish kerak.

Ekologik toza mahsulot olish va azot o‘g‘itlarni 50 foizga kamaytirish uchun ko‘k massa beradigan ekinlar (siderat) qo‘llash mumkin. Shuningdek, organik o‘g‘it turlaridan biogumus yoki vermigum – 8 t/ga, organik mikrobiologik o‘g‘it – 20 kg/ga, bioazot – 2 l/ga me’yorda qo‘llash samarali hisoblanadi.
Biogumus, vermigum va organik mikrobiologik o‘g‘itlarni birinchi oziqlantirishda egatlarga mineral o‘g‘itlar bilan birgalikda, bioazotni esa sug‘orish suvi bilan berish mumkin.
Sho‘rxok tuproqlar. Turli darajada sho‘rlangan sho‘rxok tuproqlarda tuproqni yuvish ishlari olib borilgandan so‘ng gektariga 25-30 tonna go‘ng + P180K120 kg o‘g‘itlarining 75 foizi solinib haydaladi.
Sho‘rlanganlik holatiga, tipi va darajasiga qarab tuproqlarga solinadigan mineral o‘g‘itlarning tukdagi miqdorlariga aniqliklar kiritiladi.
Chunonchi, sulfatli sho‘rlangan tuproqlarga azotli o‘g‘itni karbamid, fosfor o‘g‘iti – ammofos, kaliy o‘g‘iti kaliy xlor ko‘rinishida berish tavsiya etiladi.
Xlorli – sho‘rlangan tuproqlarda azotli o‘g‘itlar sulfat ammoniy yoki karbamid fosforli o‘g‘it – ammofos yoki murakkab fosfor o‘g‘iti ko‘rinishida, kaliy o‘g‘iti – kaliy nitrat tuzlarini berish tavsiya etiladi.
O‘g‘itlarni quyidagi muddatda solish tavsiya etiladi.
Haydovdan oldin gektariga 25–30 tonna go‘ng, fosfor va kaliyning 75 foizi beriladi.
Birinchi oziqlantirishda ko‘chatlar tutib olgandan so‘ng va tez o‘sa boshlagan davrda azotning 50, fosfor va kaliyning 25 foizi beriladi.
Ikkinchi oziqlantirishda o‘simlikning yalpi gullash va meva tugishining boshlanish davrida qolgan azotning fismi beriladi.
Azotli o‘g‘itlar qo‘llanishini 50 foizga kamaytirish maqsadida sho‘rlangan tuproqlarda yaxshi o‘sadigan ko‘k massa beradigan ekinlar (siderat) ekish, gektariga 12 t biogumus yoki vermigum, 30 kg organik mikrobiologik o‘g‘it, 2,5 l bioazot ishlatish mumkin.
Biogumus, vermigum va organik mikrobiologik o‘g‘itlarni birinchi oziqlantirishda egatlarga mineral o‘g‘itlar bilan birgalikda, bioazotni esa sug‘orish suvi bilan berish mumkin.
Bo‘z tuproqlar. Shirin qalampir yetishtirishda sug‘oriladigan bo‘z tuproqlarga gektariga 15–20 tonna go‘ng berilganda tuproqqa N150P100K75 tavsiya etiladi. Bunda azotni ammiak selitrasi yoki sulfat ammoniy ko‘rinishida, fosforni ammofos yoki murakkab fosfor o‘g‘iti ko‘rinishida, kaliyni kaliy xlor ko‘rinishida berish tavsiya etiladi. Ushbu mineral o‘g‘itlar tukda quyidagicha solinadi: ammiak selitrasi – 588 kg/ga, ammofos – 326 kg/ga, kaliy xlor – 200 kg/ga.
Agar azot sulfat ammoniy ko‘rinishda berilsa, u holda mazkur o‘g‘it miqdori gektariga 714 kg bo‘lishi kerak. O‘g‘itlar quyidagi muddatlarda berilishi lozim.
Haydovdan oldin gektariga 15–20 tonna go‘ng, 280 kg ammofos va 100 kg kaliy xlor solinadi.
Birinchi oziqlantirishda o‘simlik ko‘chatlari tutib olgandan so‘ng va tez o‘sa boshlagan davrda gektariga: ammofos – 120 kg, kaliy xlor – 50 kg, ammiak selitrasi – 294 kg yoki sulfat ammoniy 357 kg me’yorda solinadi.
Ikkinchi oziqlantirishda o‘simlikning yalpi gullash va meva tugishining boshlanish davrida gektariga: ammiak selitrasi – 294 kg yoki sulfat ammoniy – 357 kg me’yorda beriladi.
Azotli o‘g‘itlar qo‘llashning 50 foizga kamaytirish maqsadida ko‘k massa beradigan ekinlarni (siderat) qo‘llash mumkin. Shuningdek, organik o‘g‘it turlaridan gektariga: biogumus yoki vermigum – 10 t, organik mikrobiologik o‘g‘it – 25 kg va bioazot – 2 l me’yorda berish samarali hisoblanadi.
Biogumus, vermigum va organik mikrobiologik o‘g‘itlarni birinchi oziqlantirishda egatlarga mineral o‘g‘itlar bilan birgalikda, bioazotni esa sug‘orish suvi bilan berish mumkin.
Taqirsimon tuproqlar. Taqirsimon tuproqlarda gumus miqdori past bo‘lganligi bois sho‘r yuvish ishlari o‘tkazilganidan so‘ng ularni madaniylashtirish lozim. Bunday tuproqlar organik o‘g‘itlarga muxtoj. Shu munosabat bilan sho‘r yuvilganidan so‘ng pomidor o‘stirish uchun mazkur tuproqlar gektariga – 40 tonna go‘ng va N220P165K110 solish tavsiya etiladi.
O‘g‘itlarni quyidagi muddatlarda solish tavsiya etiladi.
Haydovdan oldin gektariga 40 tonna go‘ng, fosfor va kaliyning 75 foizi beriladi.
Birinchi oziqlantirishda ko‘chatlar tutib olgandan so‘ng va tez o‘sa boshlagan davrda azotning 50, fosfor va kaliyning 25 foizi beriladi.
Ikkinchi oziqlantirishda o‘simlikning yalpi gullash va meva tugishining boshlanish davrida azotning qolgan qismi beriladi.
Azotli o‘g‘itlar qo‘llanishini 50 foizga kamaytirish maqsadida sho‘rlangan tuproqlarda yaxshi o‘sadigan ko‘k massa beradigan ekinlar (siderat) ekish, gektariga: 12 tonna biogumus yoki vermigum, 30 kg organik mikrobiologik o‘g‘it yoki 2,5 l bioazot ishlatish mumkin.
Oq bosh karam
O‘tloqi va o‘tloqi botqoq tuproqlarda gektariga 15–20t go‘ng+ N200P160K120 kg solinishi tavsiya etiladi. Azot karbamid yoki sulfat ammoniy, fosfor esa ammofos, kaliy esa kaliy xlor ko‘rinishida berish kerak.
Mineral o‘g‘itlar tuk holatida quyidagicha solinadi: karbamid – 434 kg/ga, ammofos – 348 kg/ga, kaliy xlor – 240 kg/ga. Agar azot sulfat ammoniy ko‘rinishda berilsa, u holda bu o‘g‘itning miqdori gektariga 952 kg bo‘ladi. O‘g‘itlar quyidagi muddatlarda beriladi:
Haydovdan oldin: gektariga 15–20 tonna go‘ng, yillik fosfor va kaliy o‘g‘itlarining 70–75 foizi beriladi.
Birinchi oziqlantirishda qolgan 50% azot kaliyning 25–30 foizi birgalikda karam ko‘chati to‘liq tutib olgandan so‘ng, birinchi kompleks ishlov oldidan qator oralariga o‘simliklarga yaqinroq solib beriladi, ammofos 103 kg/ga, karbamid 217 kg/ga yoki sulfat ammoniy 476 kg/ga me’yorda beriladi.
Ikkinchi oziqlantirishda qolgan azotning qolgan qismi, kaliyning 30 foizi birgalikda karam bosh o‘ray boshlaganda o‘simlikka yaqinroq qilib beriladi, kaliy xlor – 72 kg/ga, karbamid – 217 kg yoki sulfat ammoniy – 476 kg/ga me’yorda berish kerak.
O‘g‘itlarni 50 foizga kamaytirish uchun ko‘k massa beradigan ekinlar (siderat) qo‘llash mumkin. Shuningdek, organik o‘g‘it turlaridan biogumus yoki vermigum – 10 t/ga, organik mikrobiologik o‘g‘it – 20 kg/ga, bioazot – 2 l/ga me’yorda qo‘llash samarali hisoblanadi.
Biogumus, vermigum va organik mikrobiologik o‘g‘itlarni birinchi oziqlantirishda egatlarga mineral o‘g‘itlar bilan birgalikda, bioazotni esa sug‘orish suvi bilan berish mumkin.
Bo‘z tuproq. Oq bosh karam yetishtirishda sug‘oriladigan bo‘z tuproqlarga gektariga 15–20 tonna go‘ng va sof holda N200P150K100 solinishi tavsiya etiladi. Bunda azotni karbamid yoki sulfat ammoniy ko‘rinishida, fosforni ammofos yoki murakkab fosfor o‘g‘iti ko‘rinishida, kaliyni kaliy xlor ko‘rinishida berish tavsiya etiladi. Ushbu mineral o‘g‘itlar tukda quyidagicha solinadi: karbamid – 435 kg/ga, ammofos – 326 kg/ga, kaliy xlor – 200 kg/ga me’yorda beriladi.
Agar azot sulfat ammoniy ko‘rinishda berilsa, u holda mazkur o‘g‘it miqdori gektariga 950 kg bo‘lishi lozim. O‘g‘itlar quyidagi muddatlarda beriladi.
Haydovdan oldin gektariga 15–20 tonna go‘ng, 245 kg ammofos va 150 kg kaliy xlor solinadi.
Birinchi oziqlantirishda karam ko‘chati to‘liq tutib olgandan so‘ng, birinchi kompleks ishlov oldidan qator oralariga o‘simliklarga yaqinroq beriladi: ammofos – 81 kg/ga, karbamid – 218 kg/ga yoki sulfat ammoniy ko‘rinishda berilsa, 475 kg solinadi.
Ikkinchi oziqlantirishda karam bosh o‘ray boshlaganda o‘simlikka yaqinroq qilib beriladi: karbamid – 218 kg/ga, sulfat ammoniy - 475 kg/ga.
Azotli o‘g‘itlar qo‘llashning 50 foizga kamaytirish maqsadida ko‘k massa beradigan ekinlarni qo‘llash mumkin. Shuningdek, organik o‘g‘it turlaridan: biogumus yoki vermigum – 10 t/ga, organik mikrobiologik o‘g‘it – 25 kg/ga va bioazot – 2 l/ga me’yorda berish samarali hisoblanadi. Biogumus, vermigum va organik mikrobiologik o‘g‘itlarni birinchi oziqlantirishda egatlarga mineral o‘g‘itlar bilan birgalikda, bioazotni esa sug‘orish suvi bilan berish mumkin.
Sho‘rxok va taqirsimon tuproqlar. Turli darajada sho‘rlangan sho‘rxok va taqirsimon tuproqlarda sho‘r yuvish ishlari olib borilgandan so‘ng eng maqbul bo‘lgan mineral o‘g‘itlar quydagilardir: azot o‘g‘itlardan karbamid, fosfor o‘g‘itlardan ammofos superfosfat, kaliy o‘g‘itlaridan esa nitrat kaliy. O‘simlikning kaliyga bo‘lgan talabini qondirish uchun organik o‘g‘itlardan sharbat usulida foydalanish mumkin. Sulfat kaliy, kaliy xlorid tuzlarini berish yerning sho‘rlanish darajasini ortishiga olib keladi. Bu esa hosilga salbiy ta’sir etadi, mahsulot sifati yomonlashishiga sabab bo‘ladi. Gektariga 25–30 t go‘ng solinib ishlangandan so‘ng gektariga N200P180K120 o‘g‘it berish tavsiya etiladi. O‘g‘itlarni quyidagi muddatda solish tavsiya etiladi.
Haydovdan oldin gektariga 25-30 tonna go‘ng, fosfor va kaliyning 70–75 foizi beriladi.
Birinchi oziqlantirishda karam ko‘chati to‘liq tutib olgandan so‘ng, birinchi kompleks ishlov oldidan qator oralariga o‘simliklarga yaqinroq beriladi: ammofos 25%, karbamid 50% solinadi.
Ikkinchi oziqlantirishda karam bosh o‘ray boshlaganda o‘simlikkka yaqinroq qilib beriladi, karbamid – 50% va kaliy xlor 50% beriladi.
Azotli o‘g‘itlar qo‘llanishini 50 foizga kamaytirish maqsadida sho‘rlangan tuproqlarda yaxshi o‘sadigan ko‘k massa beradigan ekinlar (siderat) ekish yoki gektariga 12 tonna biogumus yoki vermigum, 30 kg organik mikrobiologik o‘g‘it, 2,5 l bioazot ishlatildai.
Biogumus, vermigum va organik mikrobiologik o‘g‘itlarni birinchi oziqlantirishda egatlarga mineral o‘g‘itlar bilan birgalikda, bioazotni esa sug‘orish suvi bilan beriladi. Oq bosh karamni yuqorida ko‘rsatilgandak o‘g‘itlash, o‘g‘itlardan samarali foydalanishga, hosilni ko‘payishiga, uni sifatini yaxshilanishiga olib keladi.
Piyoz
Piyoz patak ildizli sabzavot bo‘lib, ildiz tizimi asosan tuproqning ustki qismiga yaqin joylashgan. Shuning uchun u yerning ustki qismida asosiy oziqa elementlarni ko‘p bo‘lishini talab qiladi. Piyoz o‘simligiga organik o‘g‘itlardan yangi go‘ngni berish tavsiya etilmaydi.
Bo‘z tuproqlarda piyozdan yuqori tonna hosil olish uchun har gektar yerga o‘rtacha 30 tonna go‘ng + mineral o‘g‘itlarni sof holda N300P220K120 kg me’yorda berish kerak.
Haydovdan oldin gektariga go‘ngning hammasi amofos, ya’ni tuk holda 358 kg, kaliy xlor 120 kg yerning asosiy ishlovida beriladi.
Birinchi oziqlantirish piyoz yaganalanib, piyoz boshi o‘toq qilingandan so‘ng, gektariga 326 kg karbamid, 80 kg kaliy xlor, 104 kg amofos berish tavsiya qilinadi.
Ikkinchi oziqlantirish ildizmevalar shakllana boshlaganda azotning qolgan qismi beriladi
O‘tloqi va o‘tloqi botqoq tuproqlarda mineral o‘g‘itlarni sof holda N250P200K80 +25 tonna go‘ng solish tavsiya etiladi.
Haydovdan oldin gektariga go‘ngning hammasi, ammofos o‘g‘itidan 330 kg, kaliy xlor100 kg yerning asosiy ishlovida beriladi.
Birinchi oziqlantirish piyoz yaganalanib, piyoz boshi o‘toq qilingandan so‘ng, azotli o‘g‘itdan 272 kg karbamid, ammofos 104 kg va kaliyni 60 kg berish tavsiya qilinadi. Ikkinchi oziqlantirish ildiz mevalar shakllana boshlaganda karbamid 272 kg beriladi.
Sho‘rxok va taqirsimon tuproqlarda piyoz yetishtirilganda sof holda N320P220K100 kg/ga me’yorda berish kerak.
Piyoz erta, o‘rta, kechki va takroran yetishtirilganda beriladigan mineral o‘g‘itlar orasida deyarli tafovut bo‘lmaydi. Piyoz uchun muqobil bo‘lgan azot o‘g‘iti ammiak selitrasidir, fosfor o‘g‘itlaridan esa superfosfat, ammofos, yangi o‘zimizda ishlab chiqilayotgan Muborak fosforitidan tayyorlangan fosfor o‘g‘itidir. Har xil darajada sho‘rlangan yerlarda piyoz yetishtirilganda azot o‘g‘iti sifatida ammoniy sulfat, kaliy o‘g‘itlaridan kaliy xlorid, kaliy sulfat kabi o‘g‘itlarni bermaslik kerak. Bu xildagi o‘g‘itlar tuproqda oz miqdorda bo‘lsa ham sho‘rlanish darajasini oshiradi. Bu piyoz o‘simligini unib chiqayotganda, o‘sib-rivojlanishiga, nihoyat olinadigan hosilga, mahsulot sifatiga salbiy ta’sir etadi.
Haydovdan oldin fosfor va kaliy o‘g‘itlarining 70–75 foiziberiladi.
Birinchi oziqlantirishda azotning 50, ammofos va kaliyning 25–30 foizini berish kerak. Ikkinchi oziqlantirishda azot o‘g‘itining qolgan qismi beriladi.
Sabzi
Respublikamizni barcha mintaqalarida sabzi ertagi va kechki muddatlarda ekiladi. Sabzi o‘simligi boshqa sabzavotlar kabi tuproq unumdorligiga, asosiy oziqa elementlariga talabchandir. Oziqa elementlari yetarli miqdorda tavsiya etilgan miqdorda berilganda yuqori hosil olish imkoni bo‘ladi.
Bo‘z tuproqlarda sabzi yetishtirilganda yuqori hosil olish uchun gektariga sof holda 220 kg azot,160 kg fosfor 100 kg kaliy berish kerak.
Haydovdan oldin gektariga tuk holatda ammofos 261 kg, 200 kg kaliyning hammasini yerga ishlov berish davrida beriladi.
Birinchi oziqlantirish sabzini o‘toq qilib o‘simlik soni siyrak lashtirilgandan so‘ng qolgan ammofosni 87 kg, 240 kg karbamidni solish kerak. Ikkinchi oziqlantirish 2–3 tadan ching barg paydo bo‘lganda 240 kg karbamid beriladi.
O‘tloqi, o‘tloqi-botqoq tuproklarda sabzi yetishtirilganda mineral o‘g‘itlarni sof holda gektariga 175 kg azot, 130 kg fosfor, 80 kg kaliy beriladi.
Haydovdan oldin gektariga tuk holatda ammofos 211 kg, 160 kg kaliy yerga ishlov berish davrida beriladi.
Birinchi oziqlantirish sabzini o‘toq qilib o‘simlik soni siyrak lashtirilgandan so‘ng qolgan ammofos 71 kg, 190 kg azotli o‘g‘it karbamidni solish kerak. Ikkinchi oziqlantirish 2–3 tadan ching barg paydo bo‘lganda 50% karbamid beriladi.
Sho‘rlangan taqir yerlarda sabzi yetishtirishda sof holda 250 kg azot, 200 kg fosfor, 120 kg kaliy berish kerak;
Sho‘rlangan, taqir tuproqlarda sabzi yetishtirishda sulfat ammoniy, kaliy xlorid o‘g‘itlarini berish tavsiya etilmaydi, sulfat ammoniy o‘rniga ammiak selitrasi, kaliy o‘g‘itlari sifatida nitrat kaliy o‘g‘itlarini berish tavsiya etiladi. Yangi go‘ngni berish tavsiya etilmaydi. Go‘ngni berish tuproqda begona o‘tlarning ko‘payishiga olib keladi, sabzi o‘simligining o‘sib-rivojlanishi orqada qoladi, hosildorlik kamayadi.
Haydovdan oldin gektariga tuk holatda ammofos 75%, kaliyni yerga assosiy ishlov berish davrida beriladi. Birinchi oziqlantirish sabzini o‘toq qilib o‘simlik soni siyraklashtirilgandan keyin azotli o‘g‘itlarning 50, ammofosning 25 foizini berish kerak. Ikkinchi oziqlantirish 2–3 tadan chingbarg paydo bo‘lganda 50% azotli o‘g‘it beriladi.
Sholg‘om va turp
Bo‘z tuproq yerlarda sholg‘om va turup sof holda gektariga N125P94K62 kg berish kerak. Ushbu mineral o‘g‘itlar tukda quyidagicha bo‘ladi: azotli o‘g‘itdan sulfat ammoniy 596 kg, fosforli o‘g‘it ammofosdan 204 kg, kaliy xlor 124 kg beriladi.
Haydovdan oldin 75% ammofos – 153 kg, kaliy xlorning hammasi yerlarga asosiy ishlov davrida beriladi.
Birinchi oziqlantirish o‘toq qilib o‘simlik soni siyraklashtirilgandan so‘ng qolgan 25% ammofos – 51 kg va azotli o‘g‘it sulfat ammoniy 50% - 298 kg beriladi. Ikkinchi oziqlantirish 2–3 tadan ching barg paydo bo‘lganda qolgan azotli o‘g‘it – sulfat ammoniyning 50 foizi, ya’ni 298 kg sholg‘om va turpga o‘g‘itlar berish tavsiya etiladi.

Bodring
Bo‘z tuproqlarda bodringdan gektariga 20 tonna go‘ng bilan N150P100K75 berish tavsiya etiladi.
Azotli o‘g‘itlar sulfat ammoniy yoki karbamid ko‘rinishida beriladi.
Fosforli o‘g‘itlar ammofos, kaliy o‘g‘iti kaliy xlor ko‘rinishida beriladi. Gektariga sof holda N150P100K75 berilganda tukda quyidagicha: sulfat ammoniy - 714 kg yoki karbamid – 326 kg, ammofos – 218 kg, kaliy xlor – 150 kg.
Yerga asosiy ishlov berilayotganda organik o‘g‘itning hammasi, fosfor va kaliyning 75 foizi beriladi. Bu ko‘rsatkich go‘ngning gektariga 20 t, ammofosning 163 kg, kaliy xlorning 112 kg to‘g‘ri keladi.
Birinchi oziqlantirish o‘simlikning 2–3 chinbarg chiqargan davrida beriladi. Bu oziqlantirishda azotning 10%, fosfor va kaliyning qolgan qismi beriladi. Bu sulfat ammoniy gektariga 71,4 kg yoki karbamid 32,6 kg, ammofos 55 kg, kaliy xlor 38 kg me’yorda beriladi.
Ikkinchi oziqlantirish ekin yalpi gullagan davrida beriladi. Bunda azotning 45 foizi beriladi, bu sulfat ammoniyning gektariga 320 kg yoki karbamid 147kg miqdorda beriladi.
Uchinchi oziqlantirish ikkinchi yoki uchinchi terimdan keyin beriladi. Bu oziqlantirishda azotli o‘g‘itning qolgan 45 foizi beriladi, sulfat ammoniy gektariga 321 kg yoki karbamid gektariga 147 kg miqdorida berish kerak.
Azotli o‘g‘itlarni 50 foizga kamaytirish maqsadida, organik mikrobiologik 25 kg/ga, bioazotni gektariga 4l/ga sug‘orish suvi bilan, biogumusni gektariga 10 tonna vermigumni gektariga 10 tonna berish mumkin, shuningdek ko‘k massa beradigan ekinlar (sideratlar) qo‘llash mumkin bo‘ladi.
O‘tloqi yoki o‘tloqi botqoq tuproqlar. Bu tuproqlarda bodring yetishtirish uchun sof holda gektariga N120P80K60 kg berish tavsiya etiladi. Azotli o‘g‘itlar sulfat ammoniy yoki ammiak selitrasi ko‘rinishida beriladi. Fosforli o‘g‘itlar – ammofos o‘g‘iti ko‘rinishida beriladi.
Kaliy o‘g‘iti - kaliy xlor ko‘rinishida beriladi. Gektariga azotli o‘g‘itlar tukda quyidagicha beriladi: sulfat ammoniy – 571 kg yoki karbamid – 261 kg, ammofos – 174 kg, kaliy xlor – 120 kg.
Yerga asosiy ishlov berilayotganda fosfor va kaliyning 75 foizi beriladi. Bu ko‘rsatkich ammofos gektariga 130,5 kg, kaliy xlor 90 kg. dan berilganda to‘g‘ri keladi.
Birinchi oziqlantirish o‘simlikning 2–3 chin barg chiqargan davrida olib boriladi. Bu oziqlantirishda azotning 10%, fosfor va kaliyning qolgan qismi beriladi. Bu sulfat ammoniyning gektariga 57 kg, gektariga 26 kg, ammofosning gektariga 44 kg to‘g‘ri keladi.
Ikkinchi oziqlantirish onalik gullarining yalpi gullagan davrida beriladi. Bu oziqlantirishda azotli o‘g‘itning 45 foizi beriladi. Bu ko‘rsatkich sulfat ammoniyning gektariga 257 kg, karbamid 118 kg. ga to‘g‘ri keladi.
Uchinchi oziqlantirish ikkinchi yoki uchinchi terimdan so‘ng azotli o‘g‘itning qolgan 45 foizi beriladi, bu sulfat ammoniyning gektariga 257 kg yoki karbamid 118 kg berish tavsiya qilinadi.

Poliz ekinlari (qovun, tarvuz, qovoq)
Poliz ekinlaridan yuqori hosil olish uchun gektariga sof holda 150 kg azot, 150 kg fosfor va 100 kg kaliy, organik o‘g‘itlardan gektariga 30-40 tonna go‘ng berish tavsiya etiladi. Azotli o‘g‘itlar sulfat ammoniy yoki karbamid ko‘rinishda beriladi.Fosforli o‘g‘itlar ammofos, kaliy xlor ko‘rinishda beriladi, o‘g‘itlar tuk holatda quydagicha beriladi: sulfat ammoniy – 714 kg, karbamid 326 kg, ammofos 326 kg va kaliy xlor 200 k.
Haydovdan oldin poliz ekinlariga go‘ng va kaliy o‘g‘itlarining hammasi, fosforning 75 foizi, ya’ni 244 kg shudgor davrida solinadi.
Birinchi oziqlantirish fosforli o‘g‘itning qolgan 25 foizi, ya’ni 82 kg va azotli o‘g‘itni 50 foizi, ya’ni sulfat ammoniy 357 kg ekish oldidan beriladi.
Ikkinchi oziqlantirish azotli o‘g‘itning 50 foizi, ya’ni sulfat ammoniy 357 kg ekinlar uch-to‘rt barg chiqarganidan keyin berish tavsiya qilinadi.
Ertaki muddatda ekilgan kartoshka
Kartoshka o‘simligi asosiy oziqa elemetlarga o‘ta talabchan. Respublikamizda asosan kartoshka ikki muddatda, ya’ni ertagi va kechki muddatda ekiladi.
Bo‘z tuproqda kartoshka yetishtirilganda gektariga sof holda 220 kg azot, 170 kg fosfor, 115 kg kaliy berish kerak, tuk holatda quyidagicha bo‘ladi: sulfat ammoniy – 1047 kg yoki karbamid – 478 kg, ammofos – 370 kg, kaliy xlor – 230 kg.
Yerga asosiy ishlov berilayotganda fosforli o‘g‘itning 75 foizi, kaliyning jamini berish kerak. Qolgan 25% fosfor, 20-25% azotni ekish bilan berish tavsiya etiladi.

Birinchi oziqlantirishda azotning 30–35 foizi, tuganaklar to‘liq unib chiqqan davrida beriladi. Ikkinchi oziqlantirishda azotning qolgan qismi esa qiyg‘os shonalashda bergan ma’qul.
O‘tloqi, o‘tloki botqoq tuproklarda kartoshka yetishtirilganda esa 180 kg azot, 150 kg fosfor, 100 kg kaliy berish tavsiya etiladi. Tuk holatda quyidagicha bo‘ladi: sulfat ammoniy – 858kg yoki karbamid – 392 kg, ammofos – 326 kg, kaliy xlor 200 kg.
Yerga asosiy ishlov berilayotganda ammofos o‘g‘itining 75 foizi – 244 kg, kaliyni jamini berish kerak. Qolgan 25% fosfor, 20–25% azotni ekish bilan berish tavsiya etiladi.
Birinchi oziqlantirish azotni 30–35%, tuganaklar to‘liq unib chiqqan davrida beriladi. Ikkinchi oziqlantirish azotning 50 foizi esa qiyg‘os shonalashda bergan ma’qul.
Kuchsiz sho‘rlangan, o‘tloqi, o‘tloqi botqoq tuproqlarda yetishtirilganda esa 200 kg azot, 150 kg fosfor, 100 kg kaliy berish kerak. Tuk holatda o‘g‘itlar quyidagicha bo‘ladi: azotli o‘g‘itlardan sulfat ammoniy – 952 kg yoki karbamid – 434 kg, fosforli o‘g‘itdan ammofos – 326 kg, kaliy xlor – 200 kg.
Yerga asosiy ishlov berilayotganda ammofos o‘g‘itining 75 foizi, ya’ni 244 kg, kaliy xlorning jamini berish kerak. Qolgan 25% fosfor, 20–25% azotni ekish bilan berish tavsiya etiladi.
Birinchi oziqlantirish azotni 30–35 %, tuganaklar to‘liq unib chiqqan davrida beriladi. Ikkinchi oziqlantirish azotning qolgan qismi esa qiyg‘os shonalashda bergan ma’qul.
Sho‘rlanmagan yerlarda azot o‘g‘itlaridan sulfat ammoniy, kaliy o‘g‘itlaridan esa sulfat kaliy o‘g‘itlarini berish tavsiya etiladi. Agar yer sho‘rlangan bo‘lsa, azot o‘g‘itini ammiak selitrasi holida bergan ma’qul. Kaliy o‘rniga sug‘orishda sharbat usulidan foydalanish yaxshi natija beradi.

Kechki muddatda ekilgan kartoshka
O‘g‘itlarni berish muddati – kechki kartoshka asosan takroriy ekin sifatida ertagi ekinlardan yoki bug‘doydan so‘ng ekiladi.
Bo‘z tuproqlarda yetishtirilganda gektariga sof holda 250 kg azot, 180 kg fosfor, 125 kg kaliy berish kerak. Tuk holatda quyidagicha bo‘ladi; sulfat ammoniy – 1190 kg yoki karbamid – 544 kg, ammofos – 392 kg, kaliy xlor – 250 kg.
Yerga asosiy ishlov oldidan kaliyning jami, fosforning 75 foizini berish tavsiya qilinadi.
Birinchi oziqlantirishda qolgan 25% fosfor, 50% azot bilan tuganaklar to‘liq unib chiqqanda birinchi kompleks ishlovda berish tavsiya etiladi. Ikkinchi oziqlantirish qolgan azot, kaliy kartoshkani qiyg‘os shonalash davrida o‘simlikka yaqinroq qilib beriladi.
O‘tloqi, o‘tloqi botqoq yerlarda yetishtirilganda esa 200 kg azot, 160 kg fosfor, 100 kg kaliy berish tavsiya etiladi.
Tuk holatda o‘g‘itlar quyidagicha bo‘ladi: azotli o‘g‘itdan sulfat ammoniy – 952 kg yoki karbamid – 434 kg, fosforli o‘g‘itdan ammofos – 348 kg, kaliy xlor 200 kg.
Yerga asosiy ishlov oldidan kaliyning jami, fosforning 75 foizini berish tavsiya qilinadi.
Birinchi oziqlantirish qolgan 25% fosfor, 50% azot bilan tuganaklar to‘liq unib chiqqanda birinchi kompleks ishlovda berish tavsiya etiladi. Ikkinchi oziqlantirish qolgan 50 % azot kartoshkani qiyg‘os shonalash davrida o‘simlikka yaqinroq qilib beriladi.

Kuchsiz sho‘rlangan, taqir, o‘tloqi taqir tuproqlarda yetishtirilganda esa gektariga 220 kg azot, 160 kg fosfor, 100 kg kaliy berish kerak.
Tuk holatda o‘g‘itlar quyidagicha bo‘ladi: azotli o‘g‘it sulfat ammoniy - 1048 kg yoki karbamid – 478 kg,fosforli o‘g‘it ammofos – 348 kg, kaliy xlor – 200 kg.
Yerga asosiy ishlov oldidan kaliyning jami, fosforning 75 foizini berish tavsiya qilinadi.
Birinchi oziqlantirish qolgan 25% fosfor, 50% azot bilan tuganaklar to‘liq unib chiqqanda birinchi kompleks ishlovda berish tavsiya etiladi. Ikkinchi oziqlantirish qolgan 50 % azot kartoshka qiyg‘os shonalash davrida o‘simlikka yaqinroq qilib beriladi.
Mikrobioligik o‘g‘itlar (Fosstim, Serhocil-300 l/ga, bioazot 4 l/ga)
Qadimdan sug‘orib kelinayotgan bo‘z tuproqlarda kartoshka yetishtirilganda 50% mineral o‘g‘itlar qisqartirib gektariga sof holda 100 kg azot, 75kg fosfor, 50 kg kaliy va mikrobiologik o‘g‘itlardan (Fosstim, Serhosil va bioazot 4l/ga) berish tavsiya etiladi. Tuk holatda mineral o‘g‘itlar quydagicha bo‘ladi: azotli o‘g‘it – sulfat ammoniy 476 kg yoki karbamid 218 kg, fosforli o‘g‘it – ammofos 163 kg va kaliy xlor 100 kg.
Kartoshka yetishtirishda o‘g‘itlarni qo‘llash muddati, ya’ni fosfor va kaliyning 75 foizi ekinni ekishdan oldin beriladi. Urug‘lik kartoshka tuganaklari ekishdan oldin Fosstimda ivitiladi.
Birinchi oziqlantirish: o‘simliklarni yalpi unib chiqqandan so‘ng fosfor, kaliyning qolgan 25 foizi, azotning 50 foizi, Serhosil preparati purkaladi, bioazot 2 l/ga hisobida sug‘orish suvi orqali beriladi.
Ikkinchi oziqlantirish: o‘simlik qiyg‘os shonalash davrida azotni qolgan qismi, Serhosil preparati purkaladi va bioazot 2 l/ga hisobida sug‘orish suvi orqali beriladi.
Sabzavot, poliz va kartoshka ekinlarini yetishtirishda yuqoridagi tavsiyalarga amal qilish hosildorlikning ko‘payishi, hosil sifati yaxshilanishiga olib keladi.

R.Hakimov, F.Rasulov