(+998 78) 129-59-59

«Agro food forum 2017»

Respublikamizda oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlashni yanada kengaytirish, oziq-ovqat sanoatida kichik loyihalarni ko'paytirish, ishlab chiqarishga meva-sabzavotni qayta ishlaydigan zamonaviy va yuqori sifatli asbob-uskuna va mini-texnologiyalarni joriy etish maqsadida “General Machinery Group” kompaniyasi tomonidan O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda 2017 yil 1 aprel kuni soat 11-00 da “Zarqaynar” Modalar uyi galereyasida “Agro Food Forum 2017” Xalqaro forumi o‘tkaziladi.
Mazkur Forum “O'zbekiston oziq-ovqat mahsulotlari – jahon bozorida” mavzusida o'tkazilib, undan ko'zlangan asosiy maqsad quyidagilardan iboratdir:
- respublikamiz tadbirkorlik sub’ektlarini meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash borasida zamonaviy texnologiyalar bilan yaqindan tanishtirish;
- oziq-ovqat sanoatida ishlab chiqarishni tashkil etishda yuqori sifatni ta’minlash;
- mahsulotlarni yuqori sifatli bo‘lishi va eksport bozorlarga yetkazib berish imkoniyatlari bilan tanishtirish;
- qayta ishlash uskunalarini to’g’ri tanlash va samarali ekspluatatsiya qilish;
- respublikamizda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni oshirish va oziq-ovqat havfsiziligini ta’minlash.
Mazkur tadbirga hududlardan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, saqlash, qayta ishlash, qadoqlash va eksport qilishga ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari, agrofirmalar, qayta ishlovchi kichik sanoat korxonalari hamda meva-sabzavot mahsulotlari eksporti bilan shug‘ullanuvchi ixtisoslashgan korxonalar taklif etiladilar.