(+998 78) 129-59-59

Toshkentda O'zbekiston va Rossiya ishbilarmon doiralari biznes-forumi bo'lib o'tadi

Toshkent shahrida 2017 yilning 30 mart kuni O'zbekiston va Rossiya ishbilarmon doiralarining biznes-forumi bo'lib o'tadi. Bu haqda O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati ma`lum qildi, deya xabar berdi UzDaily.
Xabarda aytilishicha, Rossiya delegatsiyasi tarkibiga turli sohalarda faoliyat olib borayotgan kompaniyalar vakillari kiradi.
O'zbekiston va Rossiya kompaniyalari biznes-forum davomida ikki tomonlama muzokaralar o'tkazadi.

Manba: uzdaily.uz