Saytda ovoz jo`rligidan foydalanish bo`yicha yo`riqnoma
Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz jo`rligidan foydalanish imkoniyati yoqildi, Oddiy havolasiz so`zlarni ovoz jo`rligida eshitish uchun kerakli matnni belgilab eshitishingiz mumkin
- Asosiy
- Go'shtni qayta ishlash sanoati
Go'shtni qayta ishlash sanoati
Go’sht va go’sht maxsulotlari
- Kolbasa va kolbasa mahsulotlari
· oliy va 1-navli qaynatilgan kolbasalar;
· yarim dudlangan kolbasalar;
· xom dudlangan kolbasalar;
· sosiska va sardelkalar;
· pashtetlar
- Mol go’shtidan tayyorlangan konservalar
· Go’shtli delikateslar.
· Mol, qo’y go’shti.
· Submahsulotlar.
· Go’shtli yarim tayyor mahsulotlar va boshqalar.
Go’sht va go’sht mahsulotlari haqida ma’lumot
Go’shtlar oqsillar, yog’lar, uglevodlar, fermentlar, vitaminlar (A,V,D,E,RR) boshqa azotli moddalar va mineral tuzlarga boy yuqori ozuqaviy mahsulot bo’lib, ular mayinligi, mazasi va rangi bo’yicha baholanadi. Go’shtning mayinligi va mazasi u qayta ishlangandan so’ng bilinsa, rangi xarid qilingandayoq ko’rinadi. Bu ko’rsatkichlardan eng asosiysi, ayniqsa, mol go’shti uchun, uning mayinligidir.
Go’shtning yana bir sifat ko’rsatkichi uning rangidir. Go’sht to’qimalari tarkibidagi oksimioglobin pigmenti go’shtga chiroyli qizil rang bersa, bu pigment havoda oksidlanib jigarrang-qizil pigment metmioglobinga aylanadi.
Go’sht oziq-ovqat mahsuloti sifatida qadoqlangan, go’shtli yarimmahsulotlar, dudlangan go’sht mahsulotlari, kolbasa mahsulotlari ko’rinishida istemolchiga yetkaziladi.
Go’shtli yarimmahsulotlar turli xil xayvon go’shtlaridan ishlov berish usuliga ko’ra tabiiy, urvoqli, qiymalangan; saqlanishiga ko’ra sovutilgan va muzlatilgan yarimmahsulotlar ishlab chiqariladi. Tabiiy go’shtli yarimmahsulotlarga bir-biridan mol tanasining qaysi qismidan olinganligi va qalinligi bilan farq qiluvchi antrekot, bifshteks, file va langetlarni misol qilish mumkin. Urvoqli yarimmahsulotlarga to’qmoqlab mayinlashtirilgan tuxumda va urvoqda bulg’alangan go’sht bo’lagidan tayyorlangan romshteks va shnitsellarni misol qilish mumkin. Kiymalangan go’shtli yarimmahsulotlarga tarkibiga qo’shilgan ziravorlari, konsistentsiyasi, mazasi va shakli bilan bir-biridan farq qiladigan kotletlar va shnitsellar kiradi.
Dudlangan go’sht mahsulotlari mol, qo’y, cho’chqa va parranda go’shtlarining maxsus joylaridan olingan bo’laklardan tayyorlanadi. Ishlov berish usuligi ko’ra, xom dudlangan, qaynatib-dudlangan va dudlab-qaynatilgan turlari ishlab chiqariladi. Buning uchun bo’laklari tuzlab quyiladi so’ngra quritilib dudlanadi.
Dudlash 18-200 C xaroratda maxsus yog’och-o’tinning chala yonishidan hosil bo’lgan tutun bilan 5 sutka davomida dudlanadi.


Toshkentda ob-havo
Harorat: 6°
Namlik 63% Shamol 6.41 м/c2017.06.05 dan 2017.06.05 gacha 2017.06.05 da yangilandi
3
Kelib tushgan murojaatlarJismoniy shaxslardan 3 / 100%
Yuridik shaxslardan 0 / 0%
Qayta ishlanmaganlar 0 / 0%
Ishlash jarayonida 0 / 0%
Bajarilganlar 3 / 100%
2016.12.29 dan 2021.03.09 gacha 2021.03.09 da yangilandi
95
Kelib tushgan murojaatlarJismoniy shaxslardan 40 / 42.11%
Yuridik shaxslardan 55 / 57.89%
Qayta ishlanmaganlar 31 / 32.63%
Ishlash jarayonida 7 / 7.37%
Bajarilganlar 57 / 60%