(+998 78) 129-59-59

Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini qayta ishlash loyihalariga qancha mablag' sarflanadi?

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 5 martdagi PQ-2505 sonli Qarori bilan tasdiqlangan “2016-2020 yillarda oziq-ovqat mahsulotlari xom ashyo bazasini, meva-sabzavot va go'sht-sut mahsulotlarini chuqur qayta ishlashni yanada rivojlantirish, ishlab chiqarish va eksport hajmlarini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi hamda 2017 yil 6 yanvardagi PQ-2716 sonli “2017-2018 yillarda meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash va chuqur qayta ishlash quvvatlarini tashkil etishni rivojlantirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi dasturlar  doirasida 740,1 mln dollar qiymatga teng 434 ta loyihaning amalga oshirilishi belgilangan. Shundan:
163 ta loyiha, meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash quvvatlarini respublikaning meva-sabzavot va uzumchilikka ixtisoslashtirilgan tumanlarida tashkil etish;
39 ta go'sht va sut mahsulotlarini qayta ishlash quvvatlarini xom ashyoga yaqin hududlarda tashkil etish;
159 ta loyiha, eksport qilish belgilangan yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash uchun sovutish kameralari bilan jihozlangan sig'imlar tashkil etish;
36 ta loyiha, qadoqlash mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etish;
37 ta loyiha bo'yicha qandolat, alkogolsiz ichimliklar va boshqa turdagi oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish.