(+998 71) 255-52-23

Meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash sanoati

I. Qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlari

1. Sabzavot konservalari

2. Sabzavot gazak konservalari

3. Birinchi va ikinchi taom konservalari

4. Quyultirilgan tomat mahsulotlari

5. Souslar

6. Marinadlar

7. Sabzavot sharbatlari

8. Meva sharbatlari

9. Kompotlar

10. Murabbo, djem, povidlo

11. Dietik konserva mahsulotlari

12. Bolalar uchun konserva mahsulotlari

13. Umumiy ovqatlanish tarmoqlari uchun konservalar

14. Tuzlamalar

15. Muzlatilgan mahsulotlar

16. Quritilgan meva-sabzavotlar

17. Meva-sabzavot pyurelari

 

Qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlari haqida ma’lumot

(Olma soki. Ishlab chiqaruvchi –"Green World" QK; Yong’oqdan tayyorlangan murabbo. Ishlab chiqaruvchi – "Green World" QK; Turli xildagi soklar va nektarlar – "Фруктовый сад", "Наша марка". Ishlab chiqaruvchi – «Master Global Plus»; Marinovka qilingan shirin garimdori. Ishlab chiqaruvchi – «Agromir-Samarqand» QK; Konservalangan makkajo’xori. Ishlab chiqaruvchi – «Agromir-Samarqand» QK; Olma, o’rik va shaftoli pyuresi, olma kontsentratlari. Ishlab chiqaruvchi – «Namangan sharbati» MCHJ QK; Bexi pyuresi. Ishlab chiqaruvchi – "Green World" QK; Qovun pyuresi. Ishlab chiqaruvchi - "Green World" QK).

Sharbatlar C vitamini va askorbin kislotasining asosiy manbai hisoblanadi. Sharbatlarning ko’pchilik turi provitamin A (karotin)ga boydir. Ayniqsa, bu vitamin sariq va to’q sariq mevalardan ishlab chiqarilgan sharbatlarda ko’p uchraydi. Ba’zi sharbatlar tarkibida yuqori darajadagi B1 (tiamin) va RR vitaminlari (nikotin kislotasi) mavjud. Turli-tuman sharbatlar mikroeleintlari tahlil qilinganda, sharbatlar tarkibida bugungi kunda fanga ma’lum bo’lgan barcha vitaminlarning mavjudligi aniqlangan. Vitaminlarga boy bo’lgan sharbatlar immunitetni mustahkamlashda va insonning streeslarga qarshi bardoshliligini oshirishda yordam beradi, moddalar almashuvini yaxshilaydi. Yetarli darajada sharbat iste’mol qilgan kishi har doim quvvatga to’la, tetik va sog’lom bo’ladi. Sharbatlarda mavjud organik kislotalar ovqat hazm qilish yo’llari bezlariga qo’shimcha faollik beradi. Ular qisman oshqozon shirasini almashtirib, organizmdan ozuqani qulay hazm qilishga yordam beradi. Meva va savzavotlardan tayyorlangan sharbatlar buyrak va yurak-tomir tizimi kasalliklarida tavsiya etiladi, chunki ularning tarkibidagi temir birikmalari qon tarkibini va tomirlar faoliyatini yaxshilaydi, har qanday sharbat tarkibiga kiruvchi kaliz tuzlari esa organizmdan ortiqcha suvlarni chiqarishda yordam beradi. Tabiiy sharbatlarning yana bir ajoyib xususiyati ularning tarkibida mavjud bo’lgan uglevodlardir. Ushbu xususiyat saxarozaning kam miqdori fonida glyukoza va fruktozaning katta hajmi bilan tavsiflanadi.