(+998 71) 129-59-59

Alkogolsiz pivo ishlab chiqarish sanoati

Pivo va alkogolsiz mahsulotlar

 

1. «Гап» 0,5л. 13%

2. «Ячменный колос».0,5л. 11%

3. «Гап» 0,5л. 14%

4. «Московское» 0,5л. 11%

5. «Доброе» 0,5л 11%

6. «Патриот» (Супер лайт ) 0,5л. 11%

7. «Рижское» 0,5л. 10,5%

8. «Столичное» 0,5л. 10,0%

9. «Tuborg» 0,5л. 10.5%,

10. «Sarbast Extra» 0,5л. 13%,

11. «Sarbast Special» 0,5л. 11.6%,

12. «Sarbast Original» 0.5л. 10,5%,

13. «Sarbast Strong» 0.5 л. 14%,

14. «Yunusobod» 0,5л. 11%

15. «Барлос» 0,5л. 11%

16. «Нокдаун» 0,5л. 15%

 

Alkogolsiz ichimliklar

1. Apelsin

2. Buratino

3. Земляника

4. Kivi

5. Krem Soda

6. Malina

7. Shaftoli

8. Roxat-Cola

9. Coca-Cola

10. Fanta

11. Sprite

 

Mineral va gazlangan suv

1. Toshkent mineral suvi

2. «Nestle» mineral suvi

3. «Bonaqua» gazlangan suv

 

Pivo mahsulotlari haqida ma’lumot

Pivo - kam alkogolli, taxir ichimlik. Uni ishlab chiqarish uchun asosiy xom ashyo arpa solodi, qulmoq va suv hisoblanadi. Pivo qadimgi ichimliklardan biri bo’lib, arxeologik topilma va qazilma ishlari uning 5000 yillik tarixga egaligidan dalolat beradi. Ba’zi bir fikrlarga ko’ra, pivo ilk bor Misrda paydo bo’lgan. Qazilma ishlari natijasida bu yerda eng qadimgi pivo tayyorlash uslubi topilgan. Pivo dunyoda eng ko’p iste’mol qilinishi bo’yicha sharbat va alkogolli sharbatlar orasida yetakchi hisoblanadi.

Frantsuz kimyogari va mikrobiologi Lui Paster pivoni bijg’ituvchi achitqilar tirik organizm ekanligini aniqlagan. Dat botanigi Xristian Xanson pivo ishlab chiqarish tarixida katta hissa qo’shgan. U butun umri davomida achitqilarni o’rgangan.

Pivo asosan uzum yetishtirish uchun sharoit bo’lmagan hududlarda ishlab chiqarilgan. O’rta asrlarda pivo sharobga nisbatan pastroq pog’onada turgan va uni asosan kambag’allar iste’mol qilishgan.

XIX asr boshida pivo dunyoni egallay boshladi va tez orada u dunyo ichimligiga aylandi. Pivo ishlab chiqarish haqiqatdan ham dunyoviy harakatlarga ega bo’lmoqda. Hozir dunyoning faqatgina Bruney, Vatikan, Gvineya, Saudiya Arabistoni singari 20 ta mamlakatida pivo ishlab chiqarilmaydi.

Dunyoda pivo ishlab chiqarish va iste’mol qilish bo’yicha Yevropa va Janubiy Amerika davlatlari ko’p yillardan beri yetakchilik qiladi.

Pivo ishlab chiqarishda ishlatiladigan yordamchi materiallar tarkibiga donli mahsulotlar: maydalangan arpa yoki arpa uni, maydalangan guruch yoki guruch oqshog’i, yog’sizlantirilgan makkajo’xori yormasi yoki uni, yog’sizlantirilgan soya uni, shakar va potoka kiradi. Ayrim pivo navlarini o’ziga xos bo’lgan xususiyatlarini ta’minlash va iqtisodiy sarfni kamaytirish maqsadida bu yordamchi materiallardan foydalaniladi.

Pivoning turiga qarab, uning tarkibida 4 % dan 10 % gacha tez hazm bo’ladigan ozuqaviy moddalar asosan uglevodlar, aminokislotalar, mineral moddalar bo’ladi. Bundan tashqari, pivoda 1,5 – 7 % spirt, 0,4 % gacha CO2 va oshlovchi moddalar bo’ladi.

Respublikamizda pivo va alkogoli ichimliklar ishlab chiqarish rivojlanib bormoqda. Pivo ishlab chiqarish samaradorligini oshirish yangi korxonalarni qurish, ishlayotgan korxonalarni ta’mirlash va yangi texnika va texnologiyalar o’zlashtirish sohaning asosiy vazifalaridan biridir.