(+998 78) 129-59-59

“O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniya binosida g‘alladan bo‘shagan maydonlarda takroriy ekin ekish hamda moddiy-texnika resurslarini o‘z muddatida yetkazib berish yuzasidan respublika shtabi o‘z ishini boshladi.

Respublikamiz ichki bozorlarini qish-bahor oylarida sifatli va arzon mahsulotlar bilan to‘ldirish, aholi dasturxonini meva-sabzavot mahsulotlari bilan muntazam ta’minlash, o‘ziga xos ta’m va mazzaga ega bo‘lgan mahsulotlarimizni eksport qilish hozirgi kunning dolzarb masalalaridan bo‘lib turibdi.
Ushbu maqsadda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 iyundagi ”2017 yilda boshoqli don ekinlaridan bo‘shaydigan maydonlarga takroriy ekinlarni joylashtirish, ekish uchun talab etiladigan moddiy-texnika resurslarini o‘z muddatida yetkazib berish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3027-sonli qarori tasdiqlandi.
Qarorga asosan, 2017 yilda respublikamiz bo‘yicha g‘alladan bo‘shaydigan maydonlarda takroriy ekin sifatida eksportbop sabzavot, poliz va boshqa oziq-ovqat ekinlarini ekish rejalashtirilgan.
Shu munosabat bilan “O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniya binosida 2017 yilda boshoqli don ekinlaridan bo‘shaydigan maydonlarga takroriy ekinlarni joylashtirish, ekish uchun talab etiladigan moddiy-texnika resurslarini o‘z muddatida yetkazib berish yuzasidan monitoring olib boruvchi respublika shtabi o‘z ishini boshladi. 
Murojaat uchun telefonlar: 
Faks: (371) 150-54-99,
(371) 255-42-54, 
(371) 255-23-79 
Elektron manzil: shtab@uzfood.uz

Matbuot xizmati.