(+998 78) 129-59-59

O‘zbekistondan Xitoyga qishloq xo‘jalik mahsulotlari eksporti hajmi oshiriladi

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Zoyir Mirzayev 5 iyul kuni Xitoy Xalq Respublikasining Sifat nazorati, inspeksiya va karantin bo‘yicha bosh ma’muriyati vaziri Chji Shupin bilan uchrashuv o‘tkazdi. Shuningdek maskur tadbirda “O‘zbekoziqovqatxolding” XK rahbari Toxirjon Jalilov xam ishtirok etdi.
Uchrashuvda tomonlar O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli aloqalar mustahkam an’anaviy do‘stlik, o‘zaro ishonch va hurmat ruhida muntazam rivojlanib borayotganligini ta’kidlashgan. Bu borada ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarning mustahkam huquqiy asosi bo‘lgan Do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma o‘zaro aloqalarning poydevori bo‘lib xizmat qilayotgani qayd etilgan. Jumladan, xitoylik hamkorlar bilan qishloq va suv xo‘jaligining turli sohalarida qator istiqbolli loyihalar amalga oshirilayotgani keltirilgan.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida Xitoyga jami qiymati 14,4 mln. dollarlik 7,6 ming tonnadan ortiq meva-sabzavot, jumladan, qizilmiya ildizi, quritilgan uzum, qovun, o‘rik mahsulotlari eksport qilingan.
Uchrashuvda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida qishloq va suv xo‘jaligi sohalaridagi aloqalarni yanada rivojlantirish, shu jumladan Xitoy bozoriga eksport qilinayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ro‘yxati va hajmini kengaytirish istiqbollari muhokama qilingan.
Tomonlar Xitoyga gilosni eksport qilishda hamda uy hayvonlari uchun ozuqani eksport qilishda karantin holatini bajarish bo‘yicha bayonnomalar imzolashgan.

Matbuot xizmati.