Saytda ovoz jo`rligidan foydalanish bo`yicha yo`riqnoma
Hurmatli foydalanuvchilar! Saytda ovoz jo`rligidan foydalanish imkoniyati yoqildi, Oddiy havolasiz so`zlarni ovoz jo`rligida eshitish uchun kerakli matnni belgilab eshitishingiz mumkin
- Asosiy
- O'zbekiston yangiliklari
- Jizzax shirinliklari eksport qilinmoqda
Jizzax shirinliklari eksport qilinmoqda
Jizzax shahridagi “O‘zbekoziqovqatxolding” XK tarkibiga kiruvchi “Bonu shirinliklari” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan “Deya” brendi ostida ishlab chiqarilayotgan 50 dan ortiq turdagi qandolat mahsulotlari Afg‘oniston, Tojikiston va Turkmanistonga eksport qilinmoqda.
Zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan korxona yiliga 3 ming tonna mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega. 2014 yilda Xalq bankining 2,2 milliard so‘m mablag‘i evaziga xorijdan keltirilgan zamonaviy texnologiyalar bilan qayta jihozlangan korxonada ishlab chiqarish hajmi yildan-yilga ortmoqda. O‘sha yili 4 milliard so‘mlik, 2015 yilda 6,5 milliard so‘mlik, 2016 yilda esa 15 milliard so‘mlikdan ortiq mahsulot ishlab chiqarildi.
Ishlab chiqarishni kengaytirish hisobidan keyingi ikki yilda qo‘shimcha 60 ish o‘rni yaratildi. Ayni paytda korxonada 150 kishi mehnat qilmoqda. Hududdagi kasb-hunar kollejlarini bitirgan yoshlar zamonaviy texnologiyalarni puxta o‘zlashtirib, eksportga mo‘ljallangan mahsulot ishlab chiqarmoqda.
Ayni paytda korxona jamoasi xorijdan shokolad va vafli ishlab chiqarish texnologiyalarini keltirib, ishlab chiqarishni yanada kengaytirish va eksport hajmini oshirish ustida ish olib bormoqda.
– Yangi texnologik liniyada soatiga 400 kilogramm shokolad, 200 kilogramm vafli tayyorlanadi, – deydi korxona bosh hisobchisi Bobur Isroilov. – Bu jahonning ilg‘or korxonalaridagi kabi sifatli mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatini beradi. Eng muhimi, shunday mahsulotlarni yurtimizga import qilish hajmini qisqartiradi. Yangi liniyalarni joriy yilning to‘rtinchi choragida ishga tushirish rejalashtirilgan. Ishlab chiqariladigan mahsulotning 50 foizi eksport qilinadi.
Matbuot xizmati, uza.uz


Toshkentda ob-havo
Harorat: 22°
Namlik 32% Shamol 5.84 м/c"O'zbekoziqovqatxolding" XK "call markazi" ish faoliyati sizni qanoatlantirmoqdami? (129)
2017.06.05 dan 2017.06.05 gacha 2017.06.05 da yangilandi
3
Kelib tushgan murojaatlarJismoniy shaxslardan 3 / 100%
Yuridik shaxslardan 0 / 0%
Qayta ishlanmaganlar 0 / 0%
Ishlash jarayonida 0 / 0%
Bajarilganlar 3 / 100%
2016.12.29 dan 2018.04.22 gacha 2018.04.22 da yangilandi
74
Kelib tushgan murojaatlarJismoniy shaxslardan 27 / 36.49%
Yuridik shaxslardan 47 / 63.51%
Qayta ishlanmaganlar 10 / 13.51%
Ishlash jarayonida 7 / 9.46%
Bajarilganlar 57 / 77.03%