(+998 71) 129-59-59

MEVA-SABZOVOT YETISHTIRUVCHILAR VA EKSPORT QILUVCHI KORXONALAR DIQQATIGA!

Selektor majlisi yakuniga ko'ra, 2017 yil 5 avgustdan boshlab eksportga ortilayotgan meva–sabzavot mahsulotlarini yetishtirilgan hududlar kesimida aniqlash tartibi joriy qilindi hamda tuman va viloyatlarning hududiy chegara qilib olish ishlari to'xtatildi.
Unga ko'ra mahsulotlarni yetishtirgan hudud, viloyat, tumanlar kesimida aniqlanib, kunlik hisobot yuritiladi.
Bugungi kunda eksportyor korxonalarning qaysi viloyat, tumandan ro'yxatdan o'tishidan qat’iy nazar, istalgan viloyat, tuman hududidan eksportni amalga oshirish mumkin.
Agar qaysi viloyat, tuman hududlarida eksportni amalga oshirishda shunday muammoga duch kelinsa “O'zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasining kechayu-kunduz ishlovchi 0(371) 255-07-90 ishonch telefoni yoki www.oziq-ovqat.uz saytlariga murojaat qilishingiz mumkin.
"O'zbekoziqovqatxolding" xolding kompaniyasi Siz bilan hamkorlik qilishga va Sizlarga ko'mak berishga doimo tayyor.