(+998 71) 255-52-23

II XALQARO MEVA-SABZAVOT KO‘RGAZMASI

2017 yil 6-8 sentyabr kunlari Toshkent shahridagi «O‘zekspomarkaz» milliy ko‘rgazmalar majmuasida II Xalqaro meva-sabzavot ko‘rgazmasi tashkil etiladi.
Ko‘rgazma o‘zbek kompaniyalariga xorijlik yangi hamkorlarni topishga yordam beradi. Ko‘rgazmada dunyoning 40dan ortiq mamlakati vakillari ishtirok etadi.
Ko‘rgazmaning asosiy maqsadlari:
– meva-sabzavot mahsulotlari oldi-sotdisi bilan shug‘ullanadigan xorijlik hamkorlarini O‘zbekiston Respublikasi salohiyati bilan tanishtirish;
– meva-sabzavot yetishtiruvchilar, qayta ishlovchi korxonalar va xorijlik importer-savdo kompaniyalari xodimlari bilan uzoq muddatli, istiqbolli va o‘zaro manfaatli munosabatlar o‘rnatish;
– meva-sabzavot mahsulotlari yetkazib berish bo‘yicha bitimlar imzolash.
Xususan, ko‘rgazma pavilonlarida O‘zbekistonda yetishtiriladigan ho‘l, quruq va qayta ishlangan mevalar, sabzavot, poliz va dukkakli ekinlar, shuningdek, ziravorlar namoyish etiladi.
Xalqaro ko‘rgazmada respublikamizning barcha hududlaridan 150dan ortiq meva-sabzavot ta’minotchilari va qayta ishlab chiqaruvchilar, tarmoq vazirliklari, o‘z mahsulotlarini namoyish etish istagida bo‘lgan idora va tashkilotlar vakillari, shuningdek, talabgor eksporterlar va chet ellik xaridorlar ishtirok etishi kutilmoqda.
Mahalliy kompaniyalardan tashqari, ko‘rgazmada AQSh, Singapur, Janubiy Koreya, Yaponiya, MDH mamlakatlari (Rossiya, Ukraina, Belarus va boshqalar), Yevropa mamlakatlari vakillari (Avstriya, Shvetsiya, Shveysariya, Portugaliya va boshqalar), Osiyo (Saudiya Arabiston, BAA va boshqalar) kabi davlatlar vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.
Mahalliy ishlab chiqaruvchilar va xorijlik ishtirokchilar o‘rtasida o‘zaro kooperatsion aloqalarni mustahkamlash maqsadida, «O‘zekspotsentr» milliy ko‘rgazmalar majmuasi pavilonlarida xorijlik savdo kompaniyalari mutaxassislari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot o‘tkazish maqsadida «muzokaralar hududi» faoliyat yuritadi.
Shu bilan birga, xorijlik ishtirokchilar uchun ko‘rgazma doirasida meva-sabzavot mahsulotlari qayta ishlab chiqaruvchi korxonalar, sovutish majmualari, shuningdek, intensiv bog‘larga maxsus sayohatlar tashkil etish rejalashtirilgan.
2017 yilning 3 sentyabrigacha ishtirokchilar ro‘yxatga olinadi.

 

1. II Xalqaro meva-sabzavot ko‘rgazmasida ishtirok etish shartlari

2. 6-8 sentabrdagi ko'rgazma markaziga so'rovnoma, AJ MKM O'zekspomarkaz

 

So'rovnomalarni quyidagi pochta manzilariga yuborishingizni so'raymiz.

E-mail: info@agrofair.uz; info@uzexpocentre.uz

Do'stlaringiz bilan bo'lishing: