(+998 71) 129-59-59

O'zbekiston Yevropaga meva va sabzavotlar yetkazib beradi

Latviya poytaxti Riga shahrida joriy yilning 28-30 avgust kunlari Latviya-O‘zbekiston mamlakatlari o‘rtasida biznes forum o‘tkazildi.
Ushbu forum doirasida “O‘zbekoziqovqatxolding” XK vakillari tomonidan oziq-ovqat sohasida bir nechta yo‘nalishlar bo‘yicha muzokaralar olib borildi. Buning natijasiga ko‘ra, Riga shahrida O‘zbekiston-Latviya savdo uyi ochilishi kelishib olindi. Shuningdek, Yevropaning barcha mamlakatlari, Skandinaviya va Boltiqbo‘yi davlatlariga O‘zbekistondan keltirilgan oziq-ovqat mahsulotlarni saqlab va yetkazib beruvchi logistika markazi “hub” ishga tushiriladi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad Yevropa mamlakatlari savdo pesh-taxtalarini O‘zbekistonning sarxil mevalari va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashdir. Yana bir ma’lumot- Jizzax viloyatida qattiq turdagi pishloq mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonani ochish bo‘yicha memorandum imzolandi.

Do'stlaringiz bilan bo'lishing: