(+998 71) 129-59-59

Hurmatli fermerlar va dehqonlar!

Joriy yilda eksport salohiyatini oshirish maqsadida takroriy ekindan olinadigan mosh mahsuloti eksportini tizimli tashkil etish, istiqbolli tashqi bozorlarga chiqish, mahsulot eksport mavqeini ko‘tarish maqsadida “O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasi tarkibidagi “O‘zagroeksport” AJ fermer va dehqon xo‘jaliklari tomonidan yetishtirilgan moshni xarid qilishni boshlayotganini e’lon qiladi.
Xarid qilinishi mo‘ljallanayotgan mosh quyidagi asosiy talablarga javob berishi kerak:
tozaligi - ≥ 99%;
namligi - ≤ 11%;
ifloslanganlik darajasi (tosh, begona jismlar) - ≤ 1%;
o‘xshashligi (rangi bo‘yicha bir xil yashilligi) - ≥ 98%;
qadoqlanishi - 25-50 kg lik qoplar.
Ushbu talablarga javob beradigan mosh mahsulotini quyidagi narxlarda xarid qilinadi:
1-kategoriya (2,5-3 mm) – 3000 so‘m/kg; 
2-kategoriya (3-3,5 mm) – 3500 so‘m/kg; 
3-kategoriya (3,5 mmdan katta) – 4000 so‘m/kg. 

“O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasi Siz bilan hamkorlik qilishga doimo tayyor.
Murojaat uchun telefon: +99871 255 46 45
Elektron manzil: marketing@uzagroexport.uz