(+998 78) 129-59-59

Import qilinayotgan shakar uchun bojxona boji bekor qilindi

Prezident import qilinayotgan shakar uchun bojxona boji va aksiz solig‘ini bekor qilish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.
O‘zbekiston Prezidenti 12 sentyabr kuni ichki bozorda shakar narxining o‘sishiga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan qarorni imzoladi.
15 sentyabrdan boshlab shakarqamish yoki qandlavlagi shakari va qattiq holatdagi kimyoviy toza saxaroza uchun nol foizli import bojxona boji (TN VED — 1701 kodi bo‘yicha), shuningdek aksiz solig‘i (TN VED — 1701 91 00 va 1701 99 kodlari bo‘yicha) bekor qilinadi.
Davlat rahbari Davlat bojxona qo‘mitasiga ijtimoiy ahamiyatga molik mahsulotlar importi bo‘yicha bojxonaga oid jarayonlarni o‘z vaqtida va qarshiliklarsiz amalga oshirishga topshiriq berdi.