(+998 71) 129-59-59

«UZAGRO» brendi «sarxil meva-sabzavotlar reyslari»ga start berdi

«Uzagro» brendi ostidagi o‘zbek meva va sabzavotlarning «O‘zbekoziqovqatxolding» kompaniyasi tomonidan amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli eksporti mazkur sohadagi eksport hajmini oshirish sur’atlarini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan. 
Endi «Uzagro» brendi mahsulotlarini tashish ishlari nafaqat avto va temir yo‘l orqali, balki aviatransport orqali ham amalga oshirilmoqda.
11 oktyabr, chorshanba kuni «Uzagro» brendi ostidagi aviamahsulotlarning birinchi partiyasi «O‘zagroeksport»ning Moskva shahridagi savdo uyi manziliga yo‘llandi. O‘n turdan ortiq sarxil va quritilgan mevalar, shuningdek 40 tonna uzum charter reys orqali Rossiyaga jo‘natildi. 
Meva-sabzavot mahsulotlarini aviatransport orqali tashish Rossiya bozoridagi xaridorlarga yuqori sifatli sarxil, ekologik toza mahsulotni sotib olish imkonini beradi. 

Shuningdek «O‘zbekoziqovqatxolding» kompaniyasi Rossiyaning eng yirik X5, Magnit, Xolidey, Mariya-Ra kabi savdo tarmoqlari bilan sarxil va qayta ishlangan meva va sabzavot mahsulotlarini yetkazib berishga doir shartnomalarni imzoladi. 
Ta’kidlab щtamiz, bundan buyon «sarxil meva-sabzavot reyslari»ni har hafta doimiy ravishda amalga oshirish rejalashtirilmoqda.