(+998 71) 129-59-59

250 DAN ORTIQ TURDAGI SIFATLI GO‘SHT VA KOLBASA MAHSULOTLARI TAYYORLASH O‘ZLASHTIRILDI

«O‘zbekoziqovqatxolding» kompaniyasi tarkibidagi «Master delikatesov» mas’uliyati cheklangan jamiyati go‘shtni qayta ishlashga ixtisoslashgan. 
Bundan 14 yil muqaddam 10 kishi bilan faoliyat boshlagan korxonada dastlab 10 turdagi mahsulot ishlab chiqarilgan. Zamonaviy texnologiyalar amaliyotga tatbiq qilinishi samarasida 250 dan ortiq turdagi sifatli go‘sht va kolbasa mahsulotlari tayyorlash o‘zlashtirildi. Ayniqsa, pashtet, go‘shtli non, xomdudlangan kolbasa ishlab chiqarish hajmi kengaydi. Korxona mahsulotlari poytaxtimizdagi 30 maxsus savdo do‘koni hamda Navoiy, Buxoro, Qashqadaryo, Namangan va Farg‘ona viloyatlarining yirik savdo komplekslari orqali aholiga yetkazib berilmoqda.
– Korxonamizda bir necha yangi loyihalarni amalga oshirish ustida ish olib borilmoqda, – deydi ishlab chiqarish bo‘yicha rahbar o‘rinbosari Hotam Abdualibekov. – Xususan, yaqin kunlarda muzlatilgan yarim tayyor go‘sht mahsulotlari fabrikasi faoliyat boshlaydi. Kuniga 8 tonna muzlatilgan yarim tayyor go‘sht mahsuloti ishlab chiqarish quvvatiga ega yangi fabrikada 150 ga yaqin ish o‘rni yaratiladi.


Manba: uza.uz