(+998 71) 129-59-59

O‘zbekiston Pokistonga dukkakli mahsulotlarni eksport qiladi

“O’zbekoziqovqatxolding” kompaniyasi xo‘l va qayta ishlangan meva sabzavot, dukkakli don mahsulotlari eksporti xajmini yanada kengaytirish maqsadida xorijlik hamkorlar bilan aloqalarni o‘rnatib kelmoqda.
23 oktyabr kuni “O’zbekoziqovqatxolding” kompaniyasi rahbariyati Pokiston meva-sabzavot mahsulotlarining import va eskporti savdo assotsiatsiyasi birinchi rais o‘rinbosari Shoayb Ahmad hamda ushbu mamlakat Sitrus mevalari eksporti qo‘mitasi boshlig‘i Sarafraz Xusayn bilan yurtimizda yetishtirilgan mosh, loviya va no‘xat eskporti bo‘yicha muzokara olib borishdi. 
Shoayb Ahmad Pokiston aholisi 250 milliondan oshiq ekanligini inobatga olgan holda, mamlakatning mosh, loviya, no‘xat va boshqa mahsulotlarga ehtiyoji borligini ta’kidlab, O‘zbekiston bilan yaqindan hamkorlik qilish har ikkala tomonga manfaatli ekanligini bildirdi.
Tohirjon Jalilov, “O’zbekoziqovqatxolding” boshqaruv raisi:
"Biz Pokistonlik tadbirkorlar bilan mustahkam hamkorlik aloqalari o’rnatilganidan mamnunmiz. O’zbekistondan yetishtiriladigan meva-sabzavotlarning eskporti va Pokistondan ayrim mahsulotlarning import qilinishi har ikki mamlakat uchun katta ahamiyatga ega".
O’z navbatida xorijlik mehmonlar mandarin, kartoshka va mangoni O‘zbekistonga eksport qilish taklifi bilan chiqishdi. Shuningdek, shu yilning noyabr oyida Pokistonlik vakillar O‘zbekistonlik mutaxassislarni o‘z mamlakatlariga taklif qilishdi.
"O‘zbekoziqovqatxolding" pokistonlik tadbirkorlarga qayta ishlangan meva-sabzavotlar va boshqa mahsulotlar eksportini yo‘lga qo’yish taklifini berdi.
Matbuot xizmati.