(+998 78) 129-59-59

"O‘zbekoziqovqatxolding" Turkiyada qator shartnomalar imzoladi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning taklifiga binoan 2017 yil 25 oktyabr kuni davlat tashrifi bilan Turkiyaga tashrif buyurdi.
Ushbu tashrifning ikkinchi kunida Turkiya - O‘zbekiston ishbilarmon doiralari vakillari o‘rtasida biznes-forum tashkil etildi. Forumning 2-qismida oziq-ovqat sanoati vakillari o‘zaro muzokaralar olib borishdi. 
Biznes-forumda, “O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasi raxbari Toxirjon Jalilov “ Gentes Yapi ve Endustry Tesisleri Ltd. Sti.”kompaniyasi bilan muzokaro olib bordi va hamkorlikda yirik meva-sabzavot termenalini barpo etish yuzasidan kelushuvga erishdi.
Unga ko‘ra terminalda:
125 muzlatkich ombori 
75 sochiluvchan mahsulotlarni saqlovchi ombor 
yuklash-turishrish xududi
Qadoqlash xududi 
eksport uchun muljallangan xudud
bojxona xududi
kafe va restoran 
ma’muriy bino va ofislar
mexmonxona barpo etiladi. 
Ushbu loixani amalga oshirish uchun joriy yilning noyabr oyida turkiyalik mutaxasislar O‘zbekistonga tashrif buyurishadi.
Shuningdek turkiyalik ishbilarmonlar O‘zbekiston oziq-ovqat sohasini yanada rivojlantirish yo‘lida meva-sabzavotlarni yetishtirish, qayta ishlash uchun zamonaviy texnologiyalarni yetkazib berish borasida kelishuvga erishishdi. 
Turkiyalik ishbilarmonlar O‘zbekistonda ishlab chikarilgan va kayta ishlangan meva sabzavot va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini yurtimiz orqali MDX davlatlariga eksport qilish istagini bildirdi.