(+998 71) 129-59-59

Eksport qilish yanada soddalashtirildi. Shartnoma tuzmasdan eksport qiling!!!

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 6-noyabr 2017 yildagi “Meva-sabzavot mahsulotlari, uzum, poliz, dukkakli ekinlar, shuningdek, quritilgan sabzavot va mevalarni mahalliy eksport qiluvchilarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qaroriga binoan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga eksport kontrakti (shartnomasi) tuzmasdan quyidagi shartlarga rioya qilgan holda invoys asosida meva-sabzavot mahsulotlarining eksportini amalga oshirish huquqi berildi:

-    yetkazib berish summasi eksport bojxona deklaratsiyasini rasmiylashtirish kunida 20 ming AQSh dollari ekvivalentidan oshmasligi; 

-    O’zbekiston Respublikasining vakolatli tijorat banklaridagi hisobvaraqlarga O’zbekiston Respublikasi norezidentlaridan xorijiy valyutada, shu jumladan bank o‘tkazmalari, xalqaro bank kartalari orqali to‘lovlar, shuningdek, tijorat banklarining ayirboshlash shoxobchalarida sotib olingan milliy valyutadagi naqd pul mablag‘larini kiritish shaklida 100 foizlik oldindan to‘lov olish; 

-    Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga eksportga yetkazib berish haqidagi ma’lumotlarni kiritish; 

Ushbu qarorga asosan eksport kontrakti (shartnomasi) tuzmasdan invoys asosida meva-sabzavot mahsulotlarining eksportini amalga oshirish uchun tadbirkorlar quyidagi INVOYS proformasidan foydalanishlari mumkin.

Do'stlaringiz bilan ulashing: