(+998 71) 129-59-59

O‘zbekiston meva va sabzavotlari Koreyaga eksport qilinadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreya Prezidenti Mun Chje Inning taklifiga binoan 22 noyabr kuni davlat tashrifi bilan Koreya Respublikasiga tashrif buyurdi. Ushbu tashrif doirasida Koreya Respublikasi hamda O‘zbekiston ishbilarmon doira vakillari o‘rtasida biznes-forum davom etmoqda.
Biznes-forumda “O‘zbekoziqovqatxolding” XK rahbari Tohirjon Jalilov va Koreya Respublikasining CIELIE co. kompaniyasi o‘rtasida dukkakli ekinlar, gilos va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash va yetkazib berish bo‘yicha bitim imzolandi.

Qiymati 22 million dollarni tashkil etadigan ushbu kelishuvning 2 million dollari oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlashga safarbar etilsa, gilos va dukkakli maxsulotlar eksporti bo‘yicha 20 million dollar miqdorida shartnoma imzolandi. 
Loyihani amalga oshirish muddati 2018-2019 yillarga mo‘ljallangan.