(+998 71) 129-59-59

Eksportni oshirishda “O‘zagroeksportbank” qanday rol o‘ynamoqda?

Prezidentimizning 2017 yil 24 yanvardagi qarori bilan tashkil etilgan “O‘zagroeksportbank” aksiyadorlik tijorat banki agrosanoat sohasini rivojlantirish, eksport qiluvchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlashga ixtisoslashtirilgan. 
Xo‘sh, o‘tgan bir yil davomida ushbu moliya muassasasining tadbirkorlarni tashqi iqtisodiy faoliyatga jalb qilish, meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish va eksport qilish, buning uchun zarur infratuzilmani shakllantirishga doir investitsiyaviy loyihalar ijrosidagi ishtiroki qanday bo‘ldi? 
Bankdan ma’lum qilishlaricha, 2017 yil davomida ushbu maqsadlar uchun qariyb 40 milliard so‘mlik kreditlar ajratildi. Buning hisobiga ko‘plab tadbirkor va fermerlarning intensiv bog‘, issiqxonalar bunyod etish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha loyihalari amalga oshirilib, eksportbop mahsulotlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi.

Manba: Matbuot хizmati