(+998 71) 129-59-59

Respublikada 2017-2018 yilning Gilos mahsuloti eksporti hajmlari to'g'risidagi solishtirma ma'lumot

10 may kuni O‘zbekoziqovqatxolding kompaniyasida o‘tkazilgan matbuot anjumanida jurnalistlar tomonidan berilgan savollar asosan eksportga taaluqli bo‘lganligini hisobga olib, xolding kompaniya rahbariyati eksport bo‘yicha kunlik ma’lumotlarni omma e’tiboriga taqdim etishni maqsadga muofiq deb topdi. Endilikda xolding kompaniyaning rasmiy veb saytida gilos eksporti hajmi bo‘yicha har kuni yangi ma’lumotlar joylashtirib boriladi. Ushbu jarayon eksportimizning shaffofligini ta’minlaydi. Ayni paytga kelib gilosimiz eksporti giografiyasi anchagina keng bo‘lib, barchadan ko‘proq Qozog‘iston (843 tonna) Qirg‘iziston (320 tonna), Rossiya (144 tonna) va boshqa mamlakatlarga gilos yuklangan.