(+998 71) 255-52-23

Biz haqimizda

“O'zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 18-fevralidagi «Respublika oziq-ovqat sanoatini boshqarishni tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-2492-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan.
“O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasining tashkiliy va ijroiya apparati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 18-fevraldagi PQ-2492-sonli qarori bilan tasdiqlangan.
“O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi tarkibiga meva-sabzavot konservalari, go‘sht-sut mahsulotlari, alkogolsiz pivo, tamaki mahsulotlari, qandolat mahsulotlari, o‘simlik yog‘i, xo‘jalik sovuni hamda shakar, kundalik hayot uchun zarur bo‘lgan birinchi darajali ehtiyoj mollari ro‘yxatiga kiritilgan mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi korxonalar kiradi. Sut va sut mahsulotlari, go‘sht va go‘sht mahsulotlari, meva-sabzavot konservalari, alkogolsiz pivo, tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish ishlari mahalliy xom ashyo hisobiga amalga oshiriladi.
Bugungi kunda yurtimizda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar soni ko‘payib, tarmoqda yirik korxonalar bilan bir qatorda xususiylashtirishning turli ko‘rinishidagi kichik biznes sub’ektlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Aytib o‘tish lozimki, “O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi tarkibiga barcha korxona va tashkilotlar ixtiyoriy ravishda kirish va chiqish huquqiga ega.
Quyidagilar kompaniyaning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilangan:
– meva-sabzavot hamda boshqa oziq-ovqat mahsulotlari ichki va tashqi bozorlarini o‘rganish bo‘yicha chuqur marketing tadqiqotlari o‘tkazish va buning asosida tarmoqni o‘rta va uzoq muddatli istiqbolda rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish;
– yuqori qo‘shilgan qiymatga ega, ichki va tashqi bozorlarda xaridorgir bo‘lgan, yuqori sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish maqsadida tarmoq korxonalarida qishloq xo‘jaligi oziq-ovqat xom ashyosini yanada chuqur qayta ishlash zamonaviy texnologik jarayonni tashkil etish;
– qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari, qayta ishlash korxonalari, tayyorlash va sotish tashkilotlari o‘rtasida bozor munosabatlari asosida, uning tayyorlanishi, saqlanishi, yanada chuqurroq qayta ishlanishi va sotilishini hisobga olgan holda ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi oziq-ovqat xom ashyosi harakatining zamonaviy logistikasini keng joriy etish;
– ilg‘or xorijiy texnologiyalar va dizayndan foydalangan holda zamonaviy tara-qadoqlash mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish;
– meva-sabzavot, go‘sht-sut va boshqa qishloq xo‘jaligi oziq-ovqat xom ashyosini qayta ishlash bo‘yicha yuqori unumli zamonaviy innovatsiya texnologiyalarini ishlab chiqarishga joriy etish, ushbu maqsadlar uchun, avvalambor, strategik xorijiy investorlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarini jalb etish;
– qayta ishlangan meva-sabzavot, shuningdek boshqa oziq-ovqat mahsulotlarining eksportini tashkillashtirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatdoshligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish, oziq-ovqat mahsulotlari sifatini baholashning zamonaviy xalqaro tizimini ishlab chiqarishga joriy etish;
– ishlab chiqariladigan mahsulotlarni standartlashtirish va sertifikatlashtirish bo‘yicha ishlarni tashkil etishda tarmoq korxonalariga ko‘maklashish, ularga axborot xizmatlarini ko‘rsatish, kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etishdan iboratdir.
Hozirgi kunda «O'zbekoziqovkaqxolding» xolding kompaniyasi tarkibida 190 ga yaqin korxonalar mavjud bo‘lib, ular meva-sabzavot, go‘sht va sut mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash, oziq-ovqat, konserva, o‘simlik yog‘lari, margarin, shakar, mineral suvlar, ta’m va qandolatchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanishadi.
Alohida ta’kidlash lozimki, xorijlik investorlar respublikamizdagi qulay investitsion muhitni e’tiborga olib, oziq-ovqat sanoati sohasida yuqori samara bilan ishlaydigan korxonalarni tashkil etish yo‘nalishidagi investitsiya loyihalariga juda katta qiziqish bilan qaramoqdalar. Chet ellik investorlar bilan hamkorlikda faoliyati yo‘lga qo‘yilgan va bugungi kunda xolding tarkibida bo‘lgan ko‘plab, jumladan, “Xorazm shakar”, «Nestle», «Coca Cola», «UzCarlsberg», «UzBAT», «Interneyshnl Beveredjs» kabi dunyoga mashhur kompaniyalarni misol tariqasida keltirishimiz ham mumkin.

PQ-2492-son.doc

ПП2492 Ру.doc