(+998 78) 129-59-59

“O‘zagroeksport” AJ sarimsoq piyozning harid narxini e’lon qildi.

Serquyosh o‘lkamizda 2018 yilgi meva-sabzavot hosili har qachongidan ham barakali bo‘lmoqda. Bu birinchi navbatda kechayu kunduz, xar qanday obi-xavo sharoitida bepayon dalalarda javlon urib ter to‘kayotgan zahmatkash dexqonlarimizning mexnatlaridir. Ichki iste’mol bozoridagi barqaror narxlarning ta’minlanishida xam dexkonlarimizning xizmatlari beqiyosdir.
Bu yilgi sarimsoq piyoz hosili o‘tgan yilgiga nisbatan anchagina ortishi natijasida ushbu mahsulotning jahon bozorlariga eksport qilinishi uchun yo‘l ochmoqda. 
“O‘zbekoziqovqatxolding” XK tarkibidagi “O‘zagroeksport” kompaniyasi sarimsoq piyozning 2018 yilgi xosili uchun xarid narxlarini e’lon qildi. Unga ko‘ra 55-60 mm kalibrli (o‘lchamli) sarimsoq piyozning 1 kg uchun 4 500 so‘m etib belgilandi.