(+998 71) 255-52-23

Tizimdagi tashkilotlar

“O‘zagroeksport” aksiyadorlik jamiyati yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchi tashqi savdo kompaniyasidir. Kompaniya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 7 apreldagi PQ-2515-sonli Qaroriga asosan tashkil etilgan bo‘lib, “O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi tarkibiga kiradi. “O‘zagroeksport” AJ xorijiy hamkorlar bilan tuzilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri eksport kontraktlari, shuningdek fermer va dehqon xo‘jaliklari, agrofirmalar, qayta ishlash tashkilotlari bilan tuzilgan vositachilik shartnomalari asosida yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlari eksportini amalga oshiradi. “O‘zagroeksport” AJ faoliyati asosan tashqi bozorlarda xaridorgir bo‘lgan raqobatdosh yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini eksportga yetkazib berish hajmlari va turlarini ko‘paytirish hamda eksport geografiyasini kengaytirishga yo‘naltirilgan. “O‘zagroeksport” AJ tarkibiga quyidagi tashkilotlar kiradi: savdo-logistika markazlari, savdo-xarid bazalari, tayyorlash, saqlash, kalibrlash va saralash bo‘yicha sovutish omborlari, xorijdagi savdo uylari va vakolatxonalar, oziq-ovqat mahsulotlari uchun taraqadoqlash mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar, ixtisoslashgan transport-logistika korxonalari, “Xalq oziqa mollari ko‘rgazma yarmarka savdosi respublika markazi” hamda “Oziq-ovqat laboratoriyasi ” sifat va standartlashtirish boshqaruvi tizimi markazi. 

Bosh direktor: Vakant
AJning To'liq nomi: "O’zagroeksport" ixtisoslashtirilgan tashqi savdo kompaniyasi 
AJning Qisqa nomi: "O‘zagroeksport" AJ 

Manzil: O`zbekiston, Toshkent sh., Beruniy ko‘chasi, 41-uy 
Veb-sayt:
www.uzagroexport.uz
E-mail: info@uzagroexport.uz 
Telefon:
(+998 71) 246-44-15 
Faks: 
(+998 71) 246-13-51
Ish kunlari: Shanba va yakshanba kunlaridan tashqari har kuni soat 9:00 dan 18:00 gacha 
Tushlik vaqti:
13:00 dan 14:00 gacha

ПП-2515-07.04.2016-(рус).pdf

ПП-2515-07.04.2016-(узб).pdf

uzagroexport ustavi.pdf