(+998 78) 129-59-59

O‘zbekistonda sutni qayta ishlovchi korxonalar QQS to‘lashdan ozod qilindi

Hukumatning 2019-yil 24-yanvardagi qarori bilan sut O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan realizatsiya qilish oborotlari qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladigan oziq-ovqat mahsulotlari ro‘yxatiga kiritildi.

Mazkur qaror sutchilik sanoatini rivojlantirish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish maqsadida qabul qilindi.

O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan realizatsiya qilish oborotlari qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladigan oziq-ovqat mahsulotlari ro‘yxatidan 9 turdagi mahsulot (go‘sht (mol, qo‘y, tovuq), shuningdek hayvonlar (qoramol va parranda) tirik hamda ularning so‘yilgan mahsulotlari; baliq; kartoshka; piyoz; tuxum; guruch; shakar; non) o‘rin olgan edi.