(+998 71) 255-52-23

Kompaniya nizomi

O‘zbekiston Respublikasi 
Adliya vazirligida 
2016 yil “11” martda 
“№190”-son raqam bilan
RO‘YXATGA OLINGAN

O‘zbekiston Respublikasi 
Davlat Raqobat qo‘mitasining 
2016 yil “5” martdagi 
№01-k-PO- sonli buyrug‘i bilan
TASDIQLANGAN

 

 

«O’ZBEKOZIQOVQATXOLDING» XOLDING KOMPANIYASI

AKSIYADORLIK JAMIYATI USTAVI

(YANGI TAXRIRDA)

 

I. Umumiy qoidalar

1.1. Ushbu Ustav O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi Konuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 24 apreldagi PF-4720-sonli «Aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish choralari to‘g‘risida»gi Farmoni, 2016 yil 11 martdagi Korporativ boshqaruv kodeksi, Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 12 oktyabrdagi 398-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Xoldinglar to‘g‘risida”gi nizom va boshqa normativ-huquqiy hujjatlari asosida ishlab chiqilgan.

1.2. “O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi aksiyadorlik jamiyati (keyingi o‘rinlarda - Jamiyat) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 18 fevraldagi PQ-2492-sonli “Respublika oziq-ovqat sanoatini boshqarishni tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori va O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2016 yil 5 martdagi 01K-Po-sonli buyrug‘i bilan tashkil etilgan.

Jamiyat “Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi”ning huquqiy vorisi hisoblanadi.

1.3. Jamiyat o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi,

«Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi Konuni 2016 yil 11 martdagi Korporativ boshqaruv kodeksi va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq olib boradi.

1.4. Jamiyatning to‘liq nomi:

o‘zbek tilida:

lotin yozuvida:

«O’zbekoziqovqatxolding» xolding kompaniyasi aksiyadorlik jamiyati;

kirill yozuvida:

«Ўзбекозиқовқатхолдинг» холдинг компанияси акциядорлик жамияти;

rus tilida:

Акционерное общество холдинговая компания “Узбекозиковкатхолдинг”;

ingliz tilida:

«O’zbekoziqovqatxolding» holding joint-stock company.

Jamiyatning qisqartirilgan nomi:

o‘zbek tilida:

lotin yozuvida:

«O’zbekoziqovqatxolding» XK AJ;

kirill yozuvida:

«Ўзбекозиқовқатхолдинг» ХК АЖ;

rus tilida:

АО ХК “Узбекозиковкатхолдинг”;

ingliz tilida:

«O’zbekoziqovqatxolding» HJSC.

1.5. Jamiyatning joylashgan yeri (pochta manzili):

Indeks: 100015, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Nukus ko‘chasi 73-a uy.

1.6. Jamiyatning elektron pochta manzili: oziqovqatxolding@oziq-ovqat.uz.

 

Nizomning to'liq matnini o'qish uchun pastda keltirilgan havola orqali yuklab olishingiz mumkin:

O‘zbekoziqovqatxolding_XK_AK_Ustavi.doc