(+998 78) 129-59-59

«9-MAY XOTIRA VA QADRLASh KUNI» MUNOSABATI BILAN OZIQ-OVQAT SOHASIDA MEHNAT QILGAN MEHNAT FRONTI QATNAShChILARI HOLIDAN XABAR OLINDI

Yurtimizda Xotira va qadrlash tushunchasi chuqur ma’noga egadir. Ushbu kunda tinchlik uchun kurashlarda qatnashgan, qolaversa o‘z Vatanini himoya qilishda jonini fido qilgan, xalq orzu qilgan erkinlik uchun kurashgan milliy qaxramonlarimizni ruxini shod etish, eslash, keksalarni yo‘qlash, holidan xabar olish ham farz ham qarzdir.

“9 may – Xotira va kadrlash kuni” munosabati bilan xalkimizning ezgu fazilatlari yanada yorqin namoyon bo‘ladi. Bugungi tinch va osoyishta hayotimiz uchun kurashgan insonlar jasorati bekiyosdir. Ana shu voqealar, kechgan og‘ir kunlar yodi bugun nafaqat urush qatnashchilari, balki butun avlodlar xotirasidan hali xamon o‘chgani yo‘q.

Shu o‘rinda Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan minglab yurtdoshlarimiz xotirasini yod etish, olovli janggohlardan omon qaytgan bobolarimizga, og‘ir kunlarni sabr-bardosh bilan yenggan, mashaqqatli daqiqalarda ham o‘zligini yo‘qotmagan, imoni butun yurtdoshlarimizga hurmat-ehtirom ko‘rsatish tom ma’noda milliy qadriyatga aylandi. Bu hol yoshlarni vatanparvarlik, mehnatsevarlik, ajdodlarining eng yaxshi an’analaridan faxrlanish, ularga munosib vorislar bo‘lish ruhida tarbiyalashda beqiyos ahamiyatga ega.

Ushbu ayyom munosabati bilan, yurtimizning barcha hududlarida Ikkinchi jahon urushining har bir qatnashchisi, front orti mehnat faxriylari holidan xabar olinmoqda, halok bo‘lganlarning xotirasi yod etilmoqda. Shu munosabat bilan yurtimizda oziq-ovqat sohasidamexnat qilgan mehnat fronti qatnashchilari holidan xabar olindi.