(+998 78) 129-59-59

Dunyoga mashhur Samarqand sharbatlari

Yurtimizda yetishtirilgan meva-sabzavot, uzum, poliz mahsulotlari ta’mi, sifati va inson salomatlagi uchun foydali moddalarga boyligi bilan ajralib turadi. Shuning uchun ham dunyoning turli mamlakatlarida O‘zbekistondan keltirilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlari doim xaridorgir bo‘lgan. Ammo bu mahsulotlarni yilning to‘rt faslida ham chet mamlakatlarga eksport qilish, uzoq yurtlarga yetkazib berishning imkoni yo‘q.

 

Samarqand tumanidagi “AGROMIR” kompaniyalari guruhi korxonalari esa serquyosh zaminimizda pishib yetilgan mevalarning tabiiy sharbati va shiralari, sharbat konsentratlari, sabzavot pasta va pyurelari, meva-sabzavot konservalarini yil davomida ichki bozorga hamda xorijga eksport qilib kelmoqda.

 

– Bugun shiddat bilan rivojlanayotgan davrda ichki va tashqi bozorda o‘z o‘rnimizni mustahkamlash, eksport geografiyasini kengaytirish hamda eng muhimi iste’molchilar talabiga mos mahsulotlar ishlab chiqarish asosiy maqsadimiz hisoblanadi, – deydi “AGROMIR” kompaniyalar guruhi sharbat va konserva ishlab chiqarish zavodining ishlab chiqarish bo‘yicha direktori F.Mardonov. – Bu boradagi harakat meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirishdan boshlanadi. Chunki, bizda yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarishning bir-biriga bog‘liq, uzluksiz tizimi amal qiladi. U o‘z ichiga xomashyo tayyorlanishidan tayyor mahsulot sotilishigacha bo‘lgan jarayonning barcha bosqichlarini qamrab oladi. Avvalo, xo‘jaliklarimizda meva-sabzavotning istiqbolli, foydali elementlarga boy navlarini yetishtirishga e’tibor qaratamiz. Boshqa fermer va dehqon xo‘jaliklaridan mahsulot xarid qilishda ham avvalo sifat e’tiborga olinadi, ular bilan bilan buyurtma asosida ishlaymiz. Har qanday mahsulotni emas, bizning talabimizga, ishlab chiqaradigan konserva va sharbatlarimiz sifatiga mos mahsulotlarni tanlab xarid qilamiz.

Masalan, olma, pomidor, uzum, olchani asosan kompaniyamiz bog‘larida yetishtiramiz, shuningdek, Samarqand tumani va viloyatimizning boshqa hududlaridan olamiz. Anor va behi Surxondaryodan keltiriladi. Malina, maymunjon va qulupnay Toshkent viloyatidan olib kelinadi. Sharbatlar va nektarlar, tarkibida sharbat mavjud bo‘lgan ichimliklar va morslarda ham konservantlar yo‘q. Biz faqatgina ananas, limon, mango, apelsin konsentratlarini xorijdan import qilamiz. Qolgan barcha mahsulotlar o‘zimizda tayyorlanadi.

 

Kompaniyamiz muvaffaqiyatining muhim omillaridan yana biri – ishlab chiqarishda zamonaviy texnologiyalar, ilg‘or innovatsiyalardan foydalanishimizda. Barcha uskunalar xorijning zamonaviy texnologiyalari hisoblanadi. Jumladan, 2005-2009yillarda korxonamizda ishlab chiqarish modernizatsiya qilinib, Italiyaning “AlbertoBertuzziSpA” va Shveysariyaning “BucherBeuer AG” kompaniyalarining konsentratlangan sharbat, pyure va pastalar ishlab chiqarish bo‘yicha texnologik uskunalari o‘rnatildi. Ular yordamida yiliga 50 million litrga yaqin sharbat ishlab chiqarilmoqda.

Ishga ana shunday yondashuv natijasida kompaniyamiz O‘zbekiston bozorida meva-sabzavot sharbat va konservalari ishlab chiqarishda yetakchi o‘rin egallaydi.

 

Bugungi kunda “AGROMIR” mahsulotlari bozorda tan olingan va o‘z o‘rniga ega bo‘lgan brendlari ostida nafaqat yurtimizda sotilmoqda, balki Janubiy Koreya, Xitoy, Hindiston, Rossiya, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Tojikiston, Afg‘oniston, Iroq singari mamlakatlarga eksport qilinmoqda. Sharbat ko‘rinishidagi tayyor mahsulotlardan tashqari, kompaniya mevalaridan tayyorlangan konsentrat ham eksport qilinadi. Konsentratsiyalangan, to‘yintirilgan sharbatlardan xorijda bir necha turdagi ommabop brendlar qaytadan ishlab chiqariladi.

 

Korxonada ISO 9001:2008 sifat menejmenti tizimining “Sifat menejmenti tizimi" va ISO 22000:2005ning “Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi menejmenti tizimi” va FSSC 22000 tizimi amal qiladi.

Samarqand tumani va atrofdagi hududlarda yashovchi 400 nafardan ortiq kishi mazkur korxonaning doimiy ishchilari hisoblanadi. Shuningdek, yana 250-300 kishi mavsumiy ishlarga jalb qilinadi. Korxonada ishchilar uchun transport xizmati, tushlik yo‘lga qo‘yilgan.

 

Innovatsion tarzda rivojlanish, ishlab chiqarish jarayonlarini takomillashtirish hamda iste’molchi manfaati ustuvorligida yangi mahsulot turlarini ishlab chiqarish “AGROMIR” komp

aniyalari guruhining doimiy bosh maqsadlaridan hisoblandi.