(+998 78) 129-59-59

Ko‘rgazmaga tayyorgarlik.

Ko‘rgazmaga tayyorgarlik.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning avgust oyi boshida Belorus Respublikasiga tashrif buyurishi kutilmoqda. Shu munosabat bilan Minsk shahrida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan turli soxadagi mahsulotlar yarmarkasi tashkil etiladi. 
Unda “O‘zbekoziqovqatxolding” XK tarkibiga kiruvchi go‘sht-sut, qandolat, alkogolsiz ichimliklar va qayta ishlangan meva sabzavot ishlab chiqaruvchi yirik korxonalar ishtirok etishi kutilmoqda.Ular orasida “Agro Mir”, “Marvin Brends”, “MD”, “Ruzmetov”, “Rash Milk”, “Oltin Domor”, “Melek”, “Mavis”, “Zebiniso Ona”, “Kalsberg”, “Mexnat Grup”, “Uz Qand” singari korxonalar o‘z mahsulotlarini yarmarkada namoyish etishadi. 
Ushbu tadbirga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida “O‘zbekoziqovqatxolding” XK binosida yuqorida qayd etilgan korxonalar o‘z mahsulotlari bilan ko‘rgazmali yarmarkada ishtirok etishdi.