(+998 78) 129-59-59

“O‘zbekoziqovqatxolding” XKsi majlislar zalida Xitoy Suchjou shaxri ishbilarmonlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

“O‘zbekoziqovqatxolding” XKsi majlislar zalida Xitoy Suchjou shaxri ishbilarmonlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda “O‘zagroeksport” AJ rahbari Abdumalik Abdullayev mehmonlarga mamlakatimizda xorijiy investorlarga yaratilgan qulay shart sharoitlar va prefirensiyalar to‘g‘risida gapirib o‘tdi. Xitoyliklar deligatsiyasi raxbari Dzu Min o‘zbek meva-sabzavotlarini Suchjou shahri aholisiga yetkazilishi borasida katta qiziqish bildirayotganligini aytib o‘tdi. Suchjou shaxri aholisi 10 milliondan ziyod ekanligi va bu boradagi a’loqalar har ikki tomonga manfaatli bo‘lishini takidlab o‘tildi. Do‘stona ruxda o‘tgan muzokaralar yakunida har ikki tomon aniq rejalar bilan yana bir bor uchrashishga kelishib olishdi.