(+998 78) 129-59-59

“O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasi Bolgariyadagi “Manjukov” kompaniyasi bilan bolalar bo‘tqasi ishlab chiqaradi

Ozbekoziqovqatxoldingkompaniyasi BolgariyadagiManjukovkompaniyasi bilan bolalar botqasi ishlab chiqaradi

Toshkent viloyatining Parkent tumanida qurilishi moljallanayotgan qoshma korxona va kutilayotgan natijalar haqidaManjukovkompaniyasi vitse prezidenti Ivaylo Manjukov quyidagilarni sozlab berdi.

– 2020 yilning oxirida oz faoliyatini boshlaydigan qoshma korxona uchun 5 million dollar miqdorida investitsiya kiritiladi, – deydi I. Manjukov. – Yevropaning eng kuchli texnologiyalari bilan jihozlangan korxona yiliga 20 million banka mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega boladi. Ular dunyodagi barcha ilgor standartlarga javob bera oladi. Eng sifatli xomashyodan tayyorlangan bolalar botqasi ichki va tashqi bozorda oziga xos mavqe egallashiga ishonaman.

Mazkur ishni boshlashdan oldin ko‘p maslahatlashdik. Shunda yurtingizda investorlar uchun yaratilgan jozibadorlik e’tiborimizni tortdi. Bundan tashqari O‘zbekiston iqtisodiy va aholisi tez o‘sayotgan mamlakatlar qatoridan joy olmoqda. Xalqingiz ham mehnatsevar va bilimli.

Bu omillarni bilishimga sabab ushbu loyiha bizning birinchi ishimiz emas. Unga qadar neft-gaz sanoatida ham hamkorlik ishlarini olib borayotgandik. Hozirda Bolgariya tadbirkorlariga O‘zbekistonga mablag‘ kiritishni tavsiya qilmoqdaman. Bu borada qator imtiyozlar va yengilliklar yaratilgan.

Qayd etish joizki, ushbu bo‘tqalar ishlab chiqarilsa, import mahsulotlariga barham berilishi mumkin.