(+998 78) 129-59-59

“Oʼzbekoziqovqatxolding” kompaniyasi tomonidan “Sut va sut mahsulotlari xavfsizligi toʼgʼrisida”gi umumiy texnik reglamentga oʼzgartirishlar kiritish boʼyicha Vazirlar Mahkamasining qarori va oʼzgartirishlar loyihasi tayyorlangan.

“Oʼzbekoziqovqatxolding” kompaniyasi tomonidan “Sut va sut mahsulotlari xavfsizligi toʼgʼrisida”gi umumiy texnik reglamentga oʼzgartirishlar kiritish boʼyicha Vazirlar Mahkamasining qarori va oʼzgartirishlar loyihasi tayyorlangan. 
 
Kompaniya rahbariyati, mutaxassislari hamda sut va sut mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan tarmoq korxonalar vakillari ishtirokida boʼlib oʼtgan davra suhbatida ushbu loyiha mazmun-mohiyati muhokama qilindi. Oʼzaro muloqotda sohadagi muammolar, aholiga sifatli sut va sut mahsulotlarini barqaror narxlarda yetkazib berishni samarali tashkil etish masalalari yuzasidan ham fikr almashildi. 
 
Maʼlumot oʼrnida, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 30 iyuldagi 207-sonli qarori bilan tasdiqlangan 2014-2018 yillarda texnik reglamentlarni ishlab chiqish Dasturiga muvofiq 2017 yilning 7 iyulь kuni Vazirlar Mahkamasining 474-sonli qarori bilan «Sut va sut mahsulotlari xavfsizligi toʼgʼrisida»gi umumiy texnik reglament qabul qilingan. Mazkur hujjatda sut va sut mahsulotlarining atamalariga, xavfsizligiga, saqlash, tashish, realizatsiya qilish va utelizatsiya qilish talablari, namunalarni tanlab olish qoidalari va sinov uslublari, belgilangan talablarga muvofiqligini baxolash tartibi, davlat nazoratini oʼtkazish hamda sut va sut mahsulotlarini qadoqlash va yorliqlashga boʼlgan talablar belgilangan. 

“Oʼzbekoziqovqatxolding” kompaniyasi Аxborot xizmati 

 Kanalga ulanish