(+998 78) 129-59-59

Ijtimoiy tarmoqlarda “Sochnaya Dolina” savdo belgisi ostidagi sharbat haqida tarqalgan video yuzasidan “NATURAL JUICE” masʼuliyati cheklangan jamiyati Bosh direktori Svetlana Sevryuginaning RАSMIY BАYoNOTI:

Ijtimoiy tarmoqlarda “Sochnaya Dolina” savdo belgisi ostidagi sharbat haqida tarqalgan video yuzasidan “NATURAL JUICE” masʼuliyati cheklangan jamiyati Bosh direktori Svetlana Sevryuginaning RАSMIY BАYoNOTI: 

2020 yilning yanvarь oyi boshida ijtimoiy tarmoqlarda “NATURAL JUICE” masʼuliyati cheklangan jamiyatining “Sochnaya Dolina” savdo belgisi ostidagi mogʼor qatlami hosil boʼlgan olma sharbati haqida video tarqaldi.

Video avvalida muallif qandaydir aralashmali sharbat solingan piyolani namoyish qilgan. Shundan soʼng muallif sharbat qadogʼini qirqa turib, undan sharbat quyilganini taʼkidlaydi. Qadoq qirqilib, ochilgandan soʼng, sharbatda mogʼorni eslatuvchi noaniq moddali toʼrtburchak shakl koʼzga tashlanadi. 

“NATURAL JUICE” MChJ rahbariyati ushbu videoni oʼrganib chiqib, shuningdek mazkur fakt boʼyicha tekshiruv oʼtkazib, uning muallifi tomonidan sotib olingan ushbu sharbat qadoqda koʼrsatilgan saqlash shartlariga zid ravishda va notoʼgʼri sharoitlarda saqlangan, degan xulosaga keldi. Bundan tashqari, mogʼor aerob mikroorganizm hisoblanib, u kislorodni isteʼmol qilish hisobiga oʼsadi. Bu esa qadoq ichida hosil boʼlgan mogʼor faqat qadoqning havo kirgazmaydigan qatlami buzilgani oqibatida uning ichiga kislorod kirib, paydo boʼlgan, degan xulosani keltirib chiqaradi. “NATURAL JUICE” MChJ sharbatlari va tarkibida sharbat boʼlgan ichimliklariga koʼp bosqichli termik ishlov beriladi va mahsulot havo kirmaydigan qadoqlarga quyiladi. 

Yana bir jihatga eʼtibor qaratish lozim. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ushbu video quyilgan sharbat va qadoqni ochish jarayoni bilan boshlangan va mahsulot qanday sharoitda, qancha muddat saqlangani ochiqlanmagan. 

“NATURAL JUICE” MChJning barcha sharbatlari va tarkibida sharbat boʼlgan ichimliklari xalqaro sifat standartlari boʼyicha ishlab chiqariladi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar oziq-ovqat xavfsizligi nazoratidan muntazam ravishda, diqqat bilan oʼtkaziladi. “NATURAL JUICE” MChJ mahsulotlari ISO 9001-2015, FSSC 22000 ( 4,1 talqini), “Halol” xalqaro sertifikatlariga ega. 

Bizning zavodimizga taʼlim muassasalari uchun muntazam sayyohatlar tashkil etiladi. Ushbu tadbirlar doirasida ishtirokchilar aynan sharbat va tarkibida sharbat boʼlgan ichimliklarni ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishib kelmoqda. 

2019 yilning 26 dekabrь kuni “O`zbekiston 24” telekanalida zavodimizda “NATURAL JUICE” sharbatlari va tarkibida sharbat boʼlgan ichimliklarni sifatli ishlab chiqarish jarayoni yoʼlga qoʼyilgani haqida hikoya qiluvchi videorolik uzatilgan edi. Bir necha kun oʼtib, ijtimoiy tarmoqlarda sifati buzilgan sharbat haqidagi ushbu video tarqaldi. Mazkur fakt ayrim boshqa sharbat ishlab chiqaruvchilar “Sochnaya Dolina” savdo belgisi obroʼsini tushirish maqsadida qasddan ushbu yolgʼon maʼlumotni tarqatgan, degan fikrga olib keladi. 

Yuqoridagilardan kelib chiqib, “NATURAL JUICE” MChJ jamoatchilikni shu kabi yolgʼon axborotlarga uchmaslikka chaqiradi. Savdo nuqtalarida sifatsiz sharbat sotib olingan holatlarda zavod maʼmuriyati bilan bogʼlanishni soʼraymiz.