(+998 78) 129-59-59

Belarusda shakar zavodlari rahbarlari hibsga olindi

Belarusda shakar zavodlari rahbarlari  hibsga olindi 

Belarusda  shakar zavodlari rahbarlari Rossiyaga shakarni ulgurji narxdan ham  "arzon" sotgani uchun hibsga olindi. Bu haqda mamlakat prezidenti Aleksandr Lukashenko ma'lum qilgan.
 
BELTA axborot agentligining ta'kidlashicha,  bunday holat Belarusda birinchi bor ro‘y berishi. Zavod rahbarlari Moskva shahrida savdo uyini tashkil etishgan va o‘z odamlarini joylashtirishgan. Shundan so‘ng Belarus' shakarini  ulgurji narxlardan xam past bo‘lgan qiymatda savdo uyiga sotishgan. O‘z navbatida shakar ustiga qo‘shimcha narx qo‘yilgan holda   bozorlarga yo‘naltirilgan.  Sotuvdan  ko‘rilgan foydaning bir qismi pora sifatida zavod rahbarlariga berilgan. 

 Lukashenko, yaqin kunlar ichida Xavfsizlik xizmati  ushbu ish yuzasidan to‘liq ma'lumot berishini aytib o‘tgan.   

O‘tgan xaftada Belarus' bosh prokurori  Aleksandr Konyuk, to‘rtta shakar zavodi rahbari  ustidan “shakar ishi” bo‘yicha tergov olib borilayotganligini ma'lum qilgan edi.   Ayblanuvchilar - Skidel'sk  shakar kombinati direktori Dmitriy Yegorov, Gorodeysk  shakar kombinati direktori Mixail Krishtapovich, Slusk shahridagi shakar va qand zavodi rahbari Nikolay Prudnik  va Jabinkovsk viloyatidagi shakar ishlab chiqaruvchi zavod direktori Viktor Mironov.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Prudnik va Krishtapovichni qo‘lga olish uchun Minskdan Myunxenga uchayotgan samolyotni ortga qaytarish amaliyoti muvaffaqiyatli amalga oshirilgan. 

➡️«O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasining ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalari