(+998 78) 129-59-59

“Chortoq” mineral suvi shifobaxsh xususiyatga ega

“Chortoq” mineral suvi shifobaxsh xususiyatga ega 

Bugun, 12 fevral' kuni “O‘zbekoziqovqatxolding”  kompaniyasida tashkil etilgan davra suhbatida   Kompaniya tarkibidagi  "Chortoq Mineral Water" korxonasi mutaxassisi Habibullo Sa'dulloev  to‘g‘ri ovqatlanish, salomatlikni asrash va kasalliklarning oldini olishda ma'danli suvlar, xususan “Chortoq” mineral suvining ahamiyati haqida foydali ma'lumotlar bilan o‘rtoqlashdi.  

“Chortoq”— qariyb yarim asrlik tarixga ega mineral suv brendidir. Mineral suvini olish maqsadida 500 metrdan ziyod chuqurlikda  quduq ochilgan. Mazkur quduqda oddiy ichimlik suvi o‘rniga subtermal (+30oS) xlorid-sulfat-natriy tarkibiga ega mineral suv borligi aniqlangan. Quduqdan olingan mineral suv ikki marotaba faol ko‘mir bilan tozalanadi, keyin uch bosqichda turli xil aralashmalardan xalos etiladi. So‘ngra ultrabinafsha nurlari bilan zararsizlantiriladi va uglevod ikki oksidi bilan boyitiladi. 

 “Chortoq” mineral suvi   oshqozon-ichak tizimi, jigar, o‘t pufagi yo‘llari, oshqozonosti bezi hamda qandli diabet kabi xastaliklarni davolashda keng qo‘llaniladi. Bundan tashqari, og‘iz bo‘shlig‘i, qizilo‘ngach va oshqozonga mexanik, termal va kimyoviy ta'sir ko‘rsatadi. Shu tariqa oshqozon shirasi ajralishini yaxshilaydi.

"O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasining ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalari