(+998 78) 129-59-59

Oziq-ovqat sohasi mutaxassislarini o‘qitishda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) bilan hamkorlik qilinadi

Oziq-ovqat sohasi mutaxassislarini o‘qitishda  Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) bilan hamkorlik qilinadi
  
“O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasi  Boshqaruv raisi birinchi o‘rinbosari Bahrom Inoqov va   Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) vakili Rol'f Peter o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. 

 Muzokaralarda    hamkorlikda O‘zbekistonda  oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish sohasida bandlikka yo‘naltirilgan kasb-hunar ta'limi uchun me'yoriy va institusional bazani takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.  

Muloqot davomida  sohada o‘rta maxsus ta'limni rivojlantirish uchun o‘zaro  hamkorlikni kuchaytirish, kasbiy ta'lim uchun sharoitlarni yaratish, mehnat bozoriga yo‘naltirilgan o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish kabi masalalar yuzasidan takliflar ilgari surildi.  
 
Muzokaralar so‘ngida xar ikkala tomon o‘zaro hamkorlik memorandumini imzoladi.

– "O‘zbekoziqovqatxolding" bilan hamkorlik o‘rnatganimizdan mamnunmiz, –  deydi   Rol'f Peter. – Har bir mamlakatda oziq-ovqat eng muhim soha xisoblanadi va shuning uchun ham ishlab chiqarishda professional mutaxassislar talab etiladi. GIZ  mintaqaviy ta'lim loyixasi ushbu sohada O‘zbekiston uchun yetuk mutaxassislarni yetkazib berishga ko‘mak beradi. 

Ma'lumot o‘rnida, Andijon viloyati Asaka shahridagi oziq-ovqat texnologiyasi va sanoati kolleji, Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanidagi oziq-ovqat texnologiyasi kolleji  “O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasi tasarrufidagi ta'lim muassasalari hisoblanadi.  
   
   “O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasi Axborot xizmati 
 
«O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari