(+998 78) 129-59-59

Viktor Karachun: “Ukrainalik ishbilarmonlarning O‘zbekiston bozoriga qiziqishi kuchli”

Viktor Karachun: “Ukrainalik ishbilarmonlarning   O‘zbekiston bozoriga qiziqishi kuchli”

Mamlakatimizga   “ATB” korporatsiyasi (Ukrainaning yirik kompaniyalari birlashmasi)  rahbari Viktor Karachun boshchiligidagi biznes delegasiya tashrif doirasida   “O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasida uchrashuv tashkil etildi.         

Muloqotda “O‘zbekoziqvoqatxolding” kompaniyasi boshqaruv raisi o‘rinbosari Asatilla Salimov mehmonlarni  O‘zbekistonning oziq-ovqat salohiyati, savdo-iqtisodiy sohalardagi yangiliklar bilan tanishtirib o‘tdi. O‘z navbatida  Viktor Krachun ukrainalik ishbilarmonlar O‘zbekiston    bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor ekanini ta'kidladi.   

Muzokaralarda oziq-ovqat mahsulotlari eksport istiqbollari,  logistika masalalari tahlil qilindi.         

Ma'lumot o‘rnida, “ATB” korporatsiyasi  chakana savdo, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotish, sport va hordiq chiqarish xizmatlari kabi biznes sohalarida faoliyat ko‘rsatadi. Korporatsiyaning savdo tarmoqlari  Ukrainanining barcha shaharlarida mavjud. Ularda har kuni  3 milliondan ziyod xaridlar amalga oshiriladi.   

“O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasi Axborot xizmati

https://t.me/uzboziqovqat
https://www.facebook.com/uzbekoziqovqatxolding
https://www.instagram.com/uzbekoziqovqatxolding
 https://www.youtube.com/channel/UCXbayCxcLfPKsDWBpA1TahQ