(+998 78) 129-59-59

"O‘zbekozikovkatholding" kompaniyasining yanvar'-fevral' oylari bo‘yicha iqtisodiy ko‘rsatkichlari

Bugungi kunda “O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasi tarkibida  go‘sht-sut,   yog‘-moy,  meva-sabzavot, qandolat,   alkogolsiz ichimliklar va tamaki mahsulotlari  ishlab chiqaruvchi  400 dan ziyod korxonalar faoliyat ko‘rsatmoqda. Joriy yilning yanvar'-fevral' oylari davomida ushbu korxonalar kesimida  quyidagi iqtisodiy ko‘rsatkichlar qayd etildi: 

Ishlab chiqarish sanoati
Hisobot davrida taqqoslama narxlarda sanoat mahsulotlari 1 trln. 234 mlrd. so‘mni, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish 101,3% ni, iste'mol tovarlari – 1 trln. 229 mln.so‘mni, o‘sish sur'ati 101,2% ni tashkil etdi.

Sanoat mahsulotlarining asosiy turlari:

- qandolat 6324 tonna (177,6%);
- alkogolsiz ichimliklar 74570 ming litr (119,9%);
- margarin mahsulotlari 5479 tonna (153,6%);
- sut va sut mahsulotlari 7992 tonna (o‘sish sur'ati 106,0%);
- kolbasa 1361 tonna (o‘sish sur'ati 108,3%);
- 13891 tonna meva va sabzavot konservalari (100,3%);
- pivo 15285 ming litr (o‘sish sur'ati 124,2%).

Investisiya  
Yanvar'-fevral' oylari davomida o‘zlashtirilgan investisiyalar hajmi
5,52 mln. AQSh dollarini tashkil etib, prognozga nisbatan 131,5 foiz  bajarildi. Shuningdek, 1,51 mln. dollarlik qurilish-montaj ishlari amalga oshirildi, 3,31 mln dollarlik uskunalar sotib olindi.

  Tannarxni kamaytirish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 22 dekabrdagi “Sanoat tarmoqlari korxonalarining jismoniy ishdan chiqqan va ma'naviy eskirgan mashina-uskunalarini jadal yangilash, shuningdek, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-2692-sonli qaroriga muvofiq ishlab chiqarish tannarxini pasaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar majmui ishlab chiqilgan.  

Hisobot davridagi tezkor ma'lumotlarga ko‘ra, xarajatlarni pasaytirish 2934,8 mln. so‘mni, o‘rtacha foiz ko‘rsatkichi 1,62% ni tashkil etadi. 

Energiya tejash 181,2 mln. so‘mni tashkil etdi, xom ashyo va materiallarni iste'mol qilishning maqbul nisbati va kamaytirilishi, xom ashyo va butlovchi buyumlarni xarid qilishni optimallashtirish 1592,0 mln. so‘mga tejash ta'minlandi, boshqa ishlab chiqarish xarajatlari va foydalanish xarajatlari 805,4 mln. so‘mga,    bilvosita xarajatlar 356,2 mln. so‘mga kamaydi.