(+998 78) 129-59-59

Oziq-ovqat mahsuloti bilan savdo qilishga ixtisoslashmagan bozorlar yopiladi

Oziq-ovqat mahsuloti bilan savdo qilishga ixtisoslashmagan bozorlar yopiladi

Bugun Nurafshon shahrida Rustam Xolmatov rahbarligidagi koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish favqulodda komissiyasining ishchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda viloyatimizda bu yo‘nalishda amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi. Shtab a'zolarining axboroti eshitildi, mavjud vaziyatdan kelib chiqib, galdagi vazifalar belgilandi.

Unga ko‘ra, ertadan boshlab Toshkent viloyati hududida joylashgan va nooziq-ovqat mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanadigan barcha bozorlarning faoliyati to‘xtatiladi.

Karantin talablariga rioya etmay, xo‘randalarni qabul qilishda davom etayotgan umumiy ovqatlanish shoxobchalariga nisbatan choralar kuchaytiriladi.

Korxona va tashkilotlar tomonidan o‘z ishchi-xodimlari uchun tibbiy-gigienik vositalar jamg‘arilishi, hududda sanitar-tozalash, dezinfeksiya ishlarini amalga oshirilishi majburiy hisoblanadi.

Shahar va tuman hokimliklari tomonidan uy sharoitida karantinda saqlanayotgan fuqarolarni zarur oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash chora-tadbirlari ko‘riladi.