(+998 71) 255-52-23

So`ragan edingiz

"O'zbekoziqovqatxolding" ХК mutaxassislariga savol yo'llash uchun quyidagi havolaga o'ting!

Savol yo'llash

Davlat standarti – bu sertifikatlashtirish uchun majburiy va muvofiq bo’lgan standart talabini belgilovchi texnik xujjat hisoblanadi. Har bir mahsulot uchun alohida davlat standarti yoki...

Davlat standarti – bu sertifikatlashtirish uchun majburiy va muvofiq bo’lgan standart talabini belgilovchi texnik xujjat hisoblanadi. Har bir mahsulot uchun alohida davlat standarti yoki standart talablaridan kelib chiqqan holda texnik shartlar ishlab chiqiladi. Davlat standarti ishlab chiqilgandan keyin kerakli tashkilotlar bilan kelishiladi va “O’zstandart” agentligi tomonidan ko’rib chiqilib, davlat ro’yxatiga kiritiladi. 

Bir yoki bir necha shaxs tomonidan ta’sis etilgan, ustav fondi (ustav kapitali) ta’sis hujjatlari bilan belgilangan miqdorlarda ulushlarga bo’lingan xo’jalik jamiyati mas’uliyati cheklangan...

Bir yoki bir necha shaxs tomonidan ta’sis etilgan, ustav fondi (ustav kapitali) ta’sis hujjatlari bilan belgilangan miqdorlarda ulushlarga bo’lingan xo’jalik jamiyati mas’uliyati cheklangan jamiyat deb hisoblanadi. Mas’uliyati cheklangan jamiyatning ishtirokchilari uning majburiyatlari bo’yicha javobgar bo’lmaydilar va jamiyat faoliyati bilan bog’liq zararlar uchun o’zlari qo’shgan hissalar qiymati doirasida javobgar bo’ladilar.

Jamiyatning ta’sis shartnomasi va ustavi jamiyat ta’sis hujjatlari deb hisoblanadi. 

Jamiyat aktsiyadorlari reestrini shakllantirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, qimmatli qog’ozlar egalarining depozitariylardagi depo hisobvaraqlari holatiga ko’ra markaziy ro’yxatdan...

Jamiyat aktsiyadorlari reestrini shakllantirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, qimmatli qog’ozlar egalarining depozitariylardagi depo hisobvaraqlari holatiga ko’ra markaziy ro’yxatdan o’tkazuvchi vazifasini bajaruvchi qimmatli qog’ozlar markaziy depozitariysi tomonidan amalga oshiriladi.

Jamiyat aktsiyadorlari reestrini shakllantirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, qimmatli qog’ozlar egalarining depozitariylardagi depo hisobvaraqlari holatiga ko’ra markaziy ro’yxatdan o’tkazuvchi vazifasini bajaruvchi qimmatli qog’ozlar markaziy depozitariysi tomonidan amalga oshiriladi.

Dividend foydaning soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar to’langanidan, qayta investitsiya amalga oshirilganidan so’ng aktsiyadorlik jamiyati ixtiyorida qoladigan, aktsiyadorlar o’rtasida taqsimlanishi kerak bo’lgan qismidir. 

Zamonaviy marketingning ishlab chiqarish, sotish va fan-texnika faoliyatini boshqarishning bozorga yo’naltirilgan kontsepsi sifatida korxona faoliyat ko’rsatishining barcha jihatlarini...

Zamonaviy marketingning ishlab chiqarish, sotish va fan-texnika faoliyatini boshqarishning bozorga yo’naltirilgan kontsepsi sifatida korxona faoliyat ko’rsatishining barcha jihatlarini boshqarish tizimining muhim sohalaridan biridir. Marketing faqat mahsulot ishlab chiqarish va uni sotishni takomillashtirishning muhim yo’nalishlaridan biri bo’lishi bilan birga murakkab ijtimoiy-iqtisodiy jarayon hamdir. Uning maqsadi xaridorlarning ehtiyojlari va talablarini mumkin qadar to’liq ta’minlashdan iborat. Marketing tadqiqodlari bozorni o’rganish, uning imkoniyatlarini chamalash, bozor ulushini taqsimlanishini tahlil qilish, sotishni tashkil qilish, narx-navo siyosatini, raqobatchilarning tovarlarini o’rganishdan iborat. 

Likvidlik - turli korxonalar, birlashmalar, firmalar va banklarning o’z qarzini to’lay olish yoki boshqa majburiyatlarini bajara olish imkoniyati. Likvidlik darajasi qarz miqdori bilan likvid...

Likvidlik - turli korxonalar, birlashmalar, firmalar va banklarning o’z qarzini to’lay olish yoki boshqa majburiyatlarini bajara olish imkoniyati. Likvidlik darajasi qarz miqdori bilan likvid mablag’ (qarz to’lashga qodir mablag’i)ning miqdori o’rtasidagi nisbatga bog’liq bo’ladi. Agar qarz likvid mablag’dan ko’p bo’lsa, korxona bankrot bo’ladi, ya’ni qarzdan qutulish imkonidan mahrum etiladi. Likvidlik qobiliyati qoniqarli bo’lgan korxona o’z hamkorlari oldida ishonch qozonib, zarar ko’rmay ishlashi uchun o’z aylanma mablag’lariga ega bo’ladi.

Sohadagi islohotlarni amalga oshirishni yanada jadallashtirish maqsadida 2011 yil 31 oktyabrda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «2012-2015 yillarda respublika oziq-ovqat sanoatini...

Sohadagi islohotlarni amalga oshirishni yanada jadallashtirish maqsadida 2011 yil 31 oktyabrda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «2012-2015 yillarda respublika oziq-ovqat sanoatini rivojlantirishni va boshqaruvni tashkillashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi qarori qabul qilindi. Unga ko’ra, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va aholi iste’moli uchun uzluksiz va yetarli miqdorda oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berish maqsadida 2012-2015 yillarda jami 312 ta meva-sabzavot, go’sht va sut mahsulotlarini qayta ishlash korxonalarida investitsiya loyihalarini amalga oshirish belgilab qo’yilgan. SHu jumladan, 169 ta yangi korxona qurish va 143 ta mavjud korxonani rekonstruktsiya va modernizatsiya qilish rejalashtirildi. Ularning ijrosi ta’minlanishi natijasida mamlakatimizda 63,1 ming tonna meva-sabzavot, 16,5 ming tonna go’sht mahsulotlari, 45,7 ming tonna sut mahsulotlarini qayta ishlash quvvatlari tashkil qilinadi. 

Sharbatlar S vitamini va askorbin kislotasining asosiy manbai hisoblanadi. Sharbatlarning ko’pchilik turi provitamin A (karotin)ga boydir. Ayniqsa, bu vitamin sariq va to’q sariq...

Sharbatlar S vitamini va askorbin kislotasining asosiy manbai hisoblanadi. Sharbatlarning ko’pchilik turi provitamin A (karotin)ga boydir. Ayniqsa, bu vitamin sariq va to’q sariq mevalardan ishlab chiqarilgan sharbatlarda ko’p uchraydi. Ba’zi sharbatlar tarkibida yuqori darajadagi V1 (tiamin) va RR vitaminlari (nikotin kislotasi) mavjud. Turli-tuman sharbatlar mikroeleintlari tahlil qilinganda, sharbatlar tarkibida bugungi kunda fanga ma’lum bo’lgan barcha vitaminlarning mavjudligi aniqlangan. Vitaminlarga boy bo’lgan sharbatlar immunitetni mustahkamlashda va insonning streeslarga qarshi bardoshliligini oshirishda yordam beradi, moddalar almashuvini yaxshilaydi. Yetarli darajada sharbat iste’mol qilgan kishi har doim quvvatga to’la, tetik va sog’lom bo’ladi.

Sharbatlarda mavjud organik kislotalar ovqat hazm qilish yo’llari bezlariga qo’shimcha faollik beradi. Ular qisman oshqozon shirasini almashtirib, organizmdan ozuqani qulay hazm qilishga yordam beradi.

Meva va savzavotlardan tayyorlangan sharbatlar buyrak va yurak-tomir tizimi kasalliklarida tavsiya etiladi, chunki ularning tarkibidagi temir birikmalari qon tarkibini va tomirlar faoliyatini yaxshilaydi, har qanday sharbat tarkibiga kiruvchi kaliz tuzlari esa organizmdan ortiqcha suvlarni chiqarishda yordam beradi.

Tabiiy sharbatlarning yana bir ajoyib xususiyati ularning tarkibida mavjud bo’lgan uglevodlardir. Ushbu xususiyat saxarozaning kam miqdori fonida glyukoza va fruktozaning katta hajmi bilan tavsiflanadi.

Birlashgan millatlar tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi tashkiloti tomonidan ta’kidlanishicha, “oziq-ovqat xavfsizligiga erishish, bu barcha insonlarning xohlagan vaqtda...

Birlashgan millatlar tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi tashkiloti tomonidan ta’kidlanishicha, “oziq-ovqat xavfsizligiga erishish, bu barcha insonlarning xohlagan vaqtda jismoniy, ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan yetarli miqdorda xavfsiz oziqaviy mahsulotlar bilan ta’minlanishni anglatadi. Ushbu mahsulotlar shaxsni fiziologik me’yorlar bo’yicha qoniqtirishi, uning xohish-istagiga mos kelishi va faol sog’lom turmush tarzini shakllantirishi shart”.

Oziq-ovqat mustaqilligi quyidagilardan iborat:

· Jismoniy jihatdan oziq-ovqat mahsulotlarini olish imkoniyati.

· Iqtisodiy jihatdan oziq-ovqat mahsulotlarini olish imkoniyati.

· Mamlakatning tashqi omillarga bog’liq bo’lmagan oziq-ovqat mustaqilligi.

· Mavsumiy va iqlimiy omillariga chidamlilik.

· Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda o’sish sur’atlarini ta’minlash.

 

Oziq-ovqat mahsulotlari tanqis bo’lgan mamlakatlarda iqtisodiy o’sish sekinlashganligi va, aksincha, fuqarolari yetarli ratsionda ovqatlangan davlatlarda rivojlanish tezlashgani kuzatilgan.

Ovqatlanish doirasi va iqtisodiy o’sish borasidagi izlanishlar shuni ko’rsatadiki, 1 foiz miqdordan ko’proq oqsil moddasini ist’mol qilish vaqti kelib yalpi milliy mahsulotning (YaMH) yiliga 0,49 foiz o’sishini ta’minlaydi.

Yalpi milliy mahsulot yiliga 1 foizga o’sib borsa, aholining daromadi 72 yilda 2 baravarga, yalpi milliy mahsulot 2 foyizga ko’paysa odamlarning pul mablag’lari 36 yilda 4 barovarga oshadi va hokazo. SHu sababli aholining oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlanish darajasi mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishini belgilab beruvchi muhim omillardan biri hisoblanadi.

Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab oziq-ovqat xavfsizligi masalalari O’zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biriga aylandi. Natijada aholi jon boshiga asosiy turadagi oziq-ovqat mahsulotlari – g’alla, go’sht, sut, tuxum va meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish va ularning qayta ishlangan hajmlari keskin ko’paydi, va, buning natijasida, oziq-ovqat mahsulotlarining barcha asosiy turlarini mamlakatning o’zida ishlab chiqarish amalda to’liq ta’minlanib, yurtimizda oziq-ovqat mustaqilligiga va xavfsizligiga erishildi.

Bu, O’zbekistonning mustaqillik davrida qo’lga kiritilgan eng katta yutuqlaridan biri bo’ldi. Chunki, oziq-ovqat mustaqilligiga va xavfsizligiga erishmay turib, siyosiy sohada tom ma’nodagi mustaqillikka erishib bo’lmaydi. 

Voqealar