(+998 78) 129-59-59

Toshkent viloyatning umumiy maydoni 15,26 ming kv. kmni tashkil etadi, 2017 yilning 1 yanvar holatiga doimiy yashovchi aholi soni 2 829,5 ming kishini tashkil qilib, o’tgan yilga nisbatan 35 ming kishiga yoki 1,3%ga o’sdi.

Toshkent viloyati

 

Viloyatning umumiy maydoni 15,26 ming kv. kmni tashkil etadi, 2017 yilning 1 yanvar holatiga doimiy yashovchi aholi soni 2 829,5 ming kishini tashkil qilib, o’tgan yilga nisbatan 35 ming kishiga yoki 1,3%ga o’sdi.

 

Viloyatda mehnatga layoqatli aholi soni viloyat aholisining umumiy sonidan mehnatga layoqatlisi 1615 ming kishi yoki 57,6 % ga teng bo’lib, shundan 1305 ming kishi yoki 80,8% iqtisodiyotda band bo’lganlarni tashkil qildi.

 

Yalpi hududiy mahsulot hajmi 2015 yilda 17 431,9 mlrd.so’mni tashkil etib, o’sish sur’ati 106,7 foizni tashkil etgan bo’lsa, 2016 yilda 20 528,7 mlrd.so’mni yoki o’sish sur’ati 107,1 foizga to’g’ri keldi.

 

YAHMning aholi jon boshiga 2015 yilda 5 964 ming so’mni tashkil etgan bo’lsa, 2016 yilda bu ko’rsatkich 7 300 ming so’mga to’g’ri keldi. 2016 yilda YaHM tarkibida sanoatning ulushi 35,1 foizni, qishloq xo’jaligi ulushi 19,7 foizni, qurilishning ulushi 3,7 foizni, transport va aloqaning ulushi 14,5 foizni, savdo va umumiy ovqatlanishning ulushi, 10,4 foizni, soliqlar ulushi 7,5 foizni, boshqalar ulushi 16,6 foizni, YaXM dagi kichik biznesning ulushi 57,1 foizni, YaXM dagi xizmatlar ulushi 41,5 foizni tashkil etadi.

 

Viloyatni rivojlantirishning asosiy ko’rsatkichlari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 14 fevraldagi 30-sonli bayoniga muvofiq 2016-2018 yillarda Toshkent viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi bo’yicha 2016 yilda jami 1388,4 mlrd.so’mlik hamda 95,3 mln dollarlik investitsiyalarning o’zlashtirilishi evaziga 1 053 ta loyihalar amalga oshirilishi va 9 162 ta yangi ish o’rinlari yaratilishi rejalashtirilgan.

Hisobot davriga kelib joriy yilning yanvarь-iyun oylarida jami sohalar kesimida qiymati 105,0 mlrd.so’mlik va 2,1 mln.dollarlik investitsiya o’zlashtirilishi evaziga 597 ta loyihalar amalga oshirildi va 3866 ta yangi ish o’rinlari yaratildi.

Olib borilgan monitoring natijalariga ko’ra yanvarь-dekabrь holatiga jami 4,3 mln.dollarlik investitsiyalar jalb qilinishi natijasida 9 ta loyiha ishga tushirildi hamda 177 ta yangi ish o’rinlari yaratildi.

 

Investitsiya 2016 yil yakuni bo’yicha viloyatda 221 ta sanoat yo’nalishidagi hududiy korxonalari (oziq-ovqat sanoatida – 82 ta, nooziq-ovqat sanoatida – 71 ta, qurilish materiallari ishlab chiqarish bo’yicha – 68 ta) tashkil qilinishi evaziga 3652 ta ish o’rinlari yaratildi.

Hududiy investitsiya dasturiga asosan 2016 yilda 1080,3 mlrd so’mlik 1029 ta loyihani amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo’lib, dastur bo’yicha jami 1091,2 mlrd.so’mlik (rejaga nisbatan 101,0%) miqdorida mablag’lar o’zlashtirilib, 1105 ta loyiha bajarilishi evaziga 7994 ta ish o’rinlari yaratildi.

 

Qishloq ho’jaligi umumiy holat. 2016 yil yanvarь-dekabrь oylarida barcha turdagi xo’jaliklarda 6115,5 mlrd.so’mlik yalpi qishloq xo’jalik mahsuloti ishlab chiqarilib, o’sish sur’ati o’tgan yilning shu davriga nisbatan 105,5 % ni tashkil etdi.

Dehqonchilikda yalpi mahsulot 3720,9 mlrd.so’m, yoki umumiy ishlab chiqarilgan qishloq xo’jalik mahsulotlarini 60,8 foizga teng bo’lib, o’sish o’tgan yilning shu davriga nisbatan 108,6 foizni tashkil etdi.

CHorvachilikda yalpi mahsulot 2236,2 mlrd. so’m, yoki umumiy ishlab chiqarilgan qishloq xo’jalik mahsulotlarini 36,6 foizga teng bo’ldi, o’sish o’tgan yilning shu davriga nisbatan 101,4 foizni tashkil etdi.

 

Chorvachilik sohasida. 2016 yil yakuni bilan barcha turdagi xo’jaliklarda tomonidan 238,9 ming tonna go’sht, 838,3 ming tonna sut, 1299,6 ming.dona tuxum yetishtirildi.

Fermer xo’jaliklari tomonidan o’tgan yilga nisbatan 12 ming 165 tonna go’sht, 51 ming 228 tonna sut ko’p yetishtirildi. Barcha toifadagi xo’jaliklarida yirik shoxli qoramollar bosh soni 861,3 ming boshga yetib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan 105,7 foizga, qo’y echkilar bosh soni 838,1 ming boshga yetib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan 101,1 foizga ko’paydi.

SHuningdek; fermer xo’jaliklarida yirik shoxli qoramollar bosh soni 60,1 ming boshga yetib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan 101,9 foizga, qo’y echkilar bosh soni 185,6 ming boshga yetib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan 100,8 foizga ko’paydi.

Barcha turdagi xo’jaliklarda 238,9 ming tonna go’sht, 838,3 ming tonna sut, 2 ming 438 tonna jun, 1 ming 641,4 tonna pilla yetishtirilib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan go’sht 105,4 foiz, sut 106,5 foiz, jun 104,9 foiz, pilla 100,6 foizga ko’p yetishtirildi.

 

Tashqi iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi 2016 yil yakuni bo’yicha tashqi savdo aylanmasi 2 912,3 mln. AQSH dollari yoki o’tgan yilga nisbatan 86,8 % ni, jumladan, eksport hajmi 1 229,8 mln. AQSH dollar yoki 70,1% ni, import ko’rsatkichi esa 1 682,5 mln. AQSH dollar yoki 105 % ni tashkil etdi.

Ekport tarkibida asosiy ulushni Mashina va uskunalar eksporti 30,4 mln. dollar, o’sish sur’ati 4,1m ni, oziq-ovqat mahsulotlari 179,1 mln.doll, o’sish sur’ati 32,7 % ni, rangli va qora metallar hajmi 569,7 mln.dollar, o’sish sur’ati 86,3 %ni, paxta tolasi eksporti 156,3 mln. doll, o’sish sur’ati 106,7 % ni tashkil etdi.

Import tarkibida eng katta ulush mashina va uskunalar importi 624,9 mln. doll, o’sish sur’ati 110,3 % ni oziq-ovqat mahsulotlari importi 340,3 mln. doll, o’sish sur’ati 113,6 % ni, qora va rangli metallar importi 131,3 mln. dollni yoki o’tgan yilga nisbatan 103,2% ni, kimyo sanoati mahsulotlari importi esa 156,4 mln. dollni o’tgan yilga nisbatan o’sish sur’ati 84,7% tashkil etmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 14 yanvardagi PQ-2471m-sonli qaroriga asosan Toshkent viloyati hududiy korxonalariga 2016 yil uchun jami 771,5 mln.dollarlik eksport prognozi belgilangan bo’lib, ushbu ko’rsatkich 253,5 mln.doll. yoki 32,9% ga bajarildi.

 

Xizmat ko’rsatish va servis sohasi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 26 fevraldagi “2016-2020 yillarda xizmatlar sohasini rivojlantirish dasturi to’g’risida”gi 55-sonli qarori qabul qilindi.

Ushbu qarorda berilgan topshiriqlardan kelib chiqib viloyatda servis sohasini rivojlantirish orqali aholiga zamonaviy turdagi sifatli xizmat ko’rsatishni tashkil etish va doimiy ish bilan band qilish maqsadida “2016-2021 yillarda xizmatlar sohasi va servis infratuzilmasini rivojlantirish, joylarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, yo’lovchilar tashish, jamoat transporti sohalarini rivojlantirish Dasturi” ishlab chiqildi.

Ushbu Dasturga asosan 2016 yilda viloyat aholisiga ko’rsatilgan jami xizmatlar hajmi 8436,8 mlrd.so’mga yetib, o’sish surati 116,7%ga yetdi.

Jumladan, yo’nalishlar bo’yicha aloqa va axborotlashtirish xizmatlari o’tgan yilning mos davriga nisbatan o’sish sur’ati 114,5%ga, moliya xizmatlari 113,9%ga, transport xizmatlari 121,4%ga, shu jumladan avtotransport xizmatlari 120,8%ga, yashash va ovqatlanish xizmatlari 110,5%ga, savdo xizmatlari 115,0%ga, ko’chmas mulk bilan bog’liq bo’lgan xizmatlari 18,3%ga, ta’lim xizmatlari 103,8%ga, sog’liqni saqlash xizmatlari 111,2%ga, ijara va prokat 119,3%ga, kompьyuterlarni va maishiy tovarlarni ta’mirlash xizmati 112,2%, shaxsiy xizmatlar 121,4%ga, me’morchilik, muhandislik izlanishlari texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar 105,4% ga hamda boshqa turdagi xizmatlar 103,8%ga yetdi.

SHu bilan birga, aholiga turli zamonaviy xizmat turlarini ko’rsatish maqsadida 1556 ta xizmat ko’rsatish ob’ektlar foydalanishga topshirildi.

Jumladan, aloqa va axborotlashtirish xizmatlari yo’nalishda 75 ta, moliya xizmatlari yo’nalishda 27 ta, transport xizmatlari yo’nalishda 55 ta, yashash va ovqatlanish xizmatlari yo’nalishda 142 ta, savdo xizmatlar yo’nalishda 739 ta, ko’chmas mulk bilan bog’liq bo’lgan xizmatlar yo’nalishda 23 ta, ta’lim xizmatlari yo’nalishda 32 ta, sog’liqni saqlash xizmatlari yo’nalishda 42 ta, ijara va prokat xizmatlari yo’nalishda 16 ta, kompьyuterlarni va maishiy tovarlarni ta’mirlash xizmatlari yo’nalishda 119 ta, shaxsiy xizmatlar yo’nalishda 191 ta va boshqa turdagi xizmatlar yo’nalishda 95 ta ob’ektlar foydalanishga topshirildi.

Sohani rivojlantirish maqsadida tijorat banklari tomonidan 145097,0 mln.so’mlik imtiyozli kredit mablag’lari ajratildi va buning hisobiga 1877 ta ish o’rinlari yaratildi.

 

Kichik biznes. Viloyatda 2016 yilga kelib 23936 ta kichik biznes sub’ektlari ro’yxatga olinib, ushbu ko’rsatkich 2015 yilning mos davriga nisbatan 1,3 foizga o’sdi.

Iqtisodiyot tarmoqlari bo’yicha kichik tadbirkorlik (biznes) sub’ektlarining yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi 57,1 foizni sanoatda 32,6 foiz, qishloq xo’jaligida 96,3 foiz, qurilish ishlari hajmida 75,2 foiz, jami xizmatlarda 79,5 foiz, yuk tashish xizmatida 47,8 foiz hamda yo’lovchi tashish xizmatida 89,6 foizga yetdi.

 

Kommunal. 2016 yil viloyat bo’yicha kommunal to’lovlardan umumiy debitor qarzdorlik jami 1 857,2 mlrd. so’mni tashkil etdi. Jumladan: aholining qarzdorligi 1 072,5 mlrd.so’m. so’m, ulgurji iste’molchilarning qarzdorligi 784,8 mlrd. so’mni tashkil qilgan. 2016 yil 1 yanvarь holatiga nisbatan jami 382,9 mlrd. so’m, aholiniki 175,8 mlrd. so’m, ulgurji iste’molchilarniki 207,1 mlrd.so’mga oshgan.

 

Aholi bandligi “2016 yilda ish o’rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash Dasturi”ga asosan viloyatda 2016 yil yanvar-dekabr oylarida 87 778 ta ish o’rinlari yaratilishi ko’zda tutilgan bo’lib, amalda 88 513 ta yangi ish o’rinlari yaratildi yoki rejaga nisbatan 100,8 foizni tashkil etdi.

Jumladan, maqsadli dasturlarga muvofiq 20 833 ta, tijorat banklarining kichik korxonalar va mikrofirmalarni tashkil etish uchun ajratiladigan kreditlar hisobiga 32 407 ta, yuridik shaxs maqomiga ega bo’lmagan tadbirkorlikni rivojlantirish hisobiga 13 106 ta, dehqon va fermer xo’jaliklarini rivojlantirish hisobiga 8 833 ta, uy mehnatini tashkil qilish hisobiga 13 334 ta (shundan kasanachilik hisobiga 2 301 ta, pudrat shartnomasi asosida ish bajarish hisobiga 4 549 ta, oilaviy tadbirkorlikni tashkil qilish hisobiga 4 183 ta va milliy hunarmandchilikni rivojlantirish hisobiga 2 301 ta) ish o’rinlari yaratildi.

 

Ijtimoiy sohada 2016 yilning yakuni bo’yicha viloyatda jami pensionerlar soni 282,9 ming kishini tashkil etib, ushbu ko’rsatkich o’tgan yilning mos davriga nisbatan o’sish sur’ati 102,7 foizni tashkil etdi. SHundan nogironlik bo’yicha nafaqaga chiqqanlar soni 25,9 ming kishini tashkil etib, o’tgan yilning mos davriga nisbatan 98,5 foizni tashkil etganligini ko’rsatdi.

Yoshga doir nafaqaga chiqqanlar soni 240,8 ming kishini tashkil etgan xolda, o’sish sur’ati 2015 yilning mos davriga nisbatan 104,1 foizni, shuningdek ishlaydigan pensionerlar soni 12,3 ming kishini, ijtimoiy nafaqa oluvchilar soni 20,4 ming kishini tashkil etmoqda.

 

Sog’likni saqlash tizimida Viloyatda bugungi kunda 2,8 mln.dan ortiq aholisiga 53 ta shifoxona va 303 ta ambulatoriya-poliklinika muassasalarida 34 009 nafar tibbiyot xodimlari tibbiy yordam ko’rsatib kelmoqda. Ulardan 6 nafari tibbiyot fanlari doktori, 33 nafari tibbiyot fanlari nomzodi, 1761 nafari oliy toifali shifokorlar hisoblanadi. Har 10 ming aholiga shifokorlar bilan ta’minlanish ko’rsatkichi 17,0 foizni va o’rta tibbiy xodimlar bilan ta’minlanish ko’rsatkichi 105,5 foizni tashkil etadi.

 

Xalq ta’limi Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi tasarrufida jami 860 ta maktablar, 405 ta maktabgacha ta’lim muassasalari, 19 ta “Barkamol avlod bolalar” markazlari, 19 ta bolalar va o’smirlar sport maktablari, 32 ta musiqa va san’at maktablari, 2 ta mehribonlik uyi, 11 ta maktab internat faoliyat ko’rsatmoqda.

Viloyatdagi barcha umumta’lim maktablarida 27 900 nafar pedagog kadrlar faoliyat yuritadi, shundan 21 716 nafari ayollar (78.3 %) tashkil etib, jami pedagoglardan ma’lumoti bo’yicha 22 706 nafarini oliy (81,4%), 51 nafari (0.2%) tugallanmagan oliy, 5 194 nafarini o’rta-maxsus (18,4%) ma’lumotli. O’qituvchilar bilan ta’minlanganlik darajasi 98,1% bo’lib 298 nafar - 1,9% qo’shimcha ehtiyoj mavjud.

SHuningdek, xalq ta’limi tizimida mavjud 871 ta umum ta’lim maktablarida ta’lim olayotgan o’quvchi yoshlar 397 710 nafarni tashkil etib, ularning 82 foizi o’zbek tilida qolganlari esa boshqa (rus, qozoq, tojik, qirg’iz) tillarda tahsil olmoqdalar. Viloyatdagi mavjud o’rta-ta’lim maktablarida tahsil olayotgan o’quvchi yoshlarga jami 27 900 nafar o’qituvchilar jamoasi tahsil bermoqda.

2016 yil davomida viloyat malaka oshirish institutida 3777 nafar pedagog xodimlar malakasini oshirdi va 250 nafar nomutaxassislar qayta tayyorlash kurslariga hujjat topshirib, o’quv jarayoni boshlangan.

SHuningdek, Avloniy nomidagi xalq ta’limi xodimlarini Respublika malaka oshirish institutida 357 nafar rahbar malakasini oshirdi.

Ta’lim jarayoniga AKTni keng joriy etish va rivojlantirish maqsadida viloyatdagi 114 ta umumta’lim maktablari hamda barcha tuman (shahar) xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo’limlari noutbuklar to’plami bilan ta’minlandi.

Bundan tashqari bugungi kunda viloyatda jami 871 ta umumta’lim maktablarida chet tillari (842 tasida ingliz hamda 29 tasida nemis va frantsuz tili) fani o’qitiladi.

Ushbu maktablarda oliy ma’lumotga ega bo’lgan jami 2 033 nafar chet tili o’qituvchilari faoliyat yuritib kelmoqda. Ulardan 1 832 nafari ingliz, 119 nafari nemis va 82 nafari frantsuz tili o’qituvchilarini tashkil etadi.

“Yilning eng yaxshi chet tili o’qituvchisi” ko’rik-tanlovining viloyat bosqichida 5 nafar va Respublika bosqichida 3 nafar chet tili o’qituvchisi g’oliblikni qo’lga kiritishdi.

 

O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi Viloyatda bugungi kunda 129 ta ta’lim muassasalarida jami 111 065 nafar o’quvchilar (54 100 nafari qizlar) shu jumladan, 38 245 nafari 1 bosqich, 39 550 nafari 2 bosqich, 38 880 nafari 3 bosqich o’quvchilar 124 ta kasblar bo’yicha ta’lim-tarbiya olmoqdalar.

Tizimdagi 129 ta ta’lim muassasasidan 7 tasi akademik litsey hamda 122 tasi kasb-hunar kollejlardir.

Viloyatdagi ta’lim muassasalarida 7 787 nafar pedagog va pedagog muhandislar faoliyat yuritib, shulardan 3 561 nafari umumta’lim fan o’qituvchilari, 2 096 nafari kasbiy fan o’qituvchilari, 1 494 nafari ishlab chiqarish ta’limi ustalaridir, o’qituvchilarning 6 908 nafari oliy ma’lumotli, 879 nafar o’rta maxsus ma’lumotli muxandis-pedagoglar ta’lim berib kelmoqda.

Viloyatdagi 4 ta ta’lim muassasa Yaponiya davlatining, 4 tasi Germaniya davlati Osiy taraqqiyot bankining, 4 tasi Polьsha davlatining, 33 tasi Koreya davlatining, 5 tasi SHveytsariya, 1 tasi Germaniya davlatining imtiyozli kreditlari hisobidan zamonaviy jihozlar bilan ta’minlangan.

Jumladan, ta’lim sohasida 3 143 nafar, gumanitar fanlar va san’at sohasida 403 nafar, ijtimoiy fanlar, biznes va huquq sohasida 9 804 nafar, muhandislik, ishlov berish tarmoqlari va qurilish sohasida 18 001 nafar, qishloq va suv xo’jaligi sohasi 3 116 nafar, sog’liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot sohasida 2 784 nafar, xizmatlar 1 174 nafari tashkil etadi.

2017 yilning 1 yanvar holatiga 37 254 nafar bitiruvchilardan 35 064 nafari yoki 94,1 foizi bandligi ta’minlandi. Ulardan 34 286 nafari, shundan 21 533 nafari yoki 62,8 foizi o’z mutaxassisligi bo’yicha ishga joylashtirildi, 778 nafari oliy ta’lim muassasalariga o’qishga kirdi.

 

Madaniyat va sport sohasida Viloyatda 4312 ta sport inshootlari mavjud bo’lib shundan 50 ta stadion, 870 ta sport zallari, 31 ta suzish basseynlari, 33316 ta sport maydoni va maydonchalari hamda 1 ta yirik Olimpiya sport manejlari.

Shuningdek 20 ta madaniyat va istirohat bog’lari hamda 80 ta madaniyat va aholi dam olish markazlari hamda 5 ta muzeylar jumladan. Angren, Olmaliq va CHirchiq shaharlari O’lkashunoslik muzeylari, Oqqo’rg’on tumani Tarix O’lkashunoslik muzey-memoriali hamda Yangiyo’l tumani Usmon Yusupov uy muzeyi faoliyat yuritib aholiga xizmat qilib kelmoqda....